Muhammad sulton Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad sulton Mirzo (1375-1403) — temuriy shahzoda; Amir Temurning nabirasi. Muhammad Jahongir Mirzoning toʻngʻich oʻgʻli. U Oʻzbekxonnint nabirasi Xonzoda (Sevin beka) begimdan tugʻilgan. Amir Temur suyukli oʻgʻli Jahongir Mirzo vafotidan soʻng , oʻzining barcha orzu-umidlarini M. S.ga bogʻlab, uni oʻzidan keyin toju taxtning yagona vorisi deb bilardi. M.S. bobosi Amir Temurga oʻxshab jasoratli, qatʼiyatli, zukko, dushmanga nisbatan shafkatsiz, dovyurak jangchi edi. 1397 yil qishida Amir Temur Xitoyga qarshi boʻlajak yurishga tayyorgarlik koʻrish chogʻida M.S.ga Yettisuvda Ashpara istehkomini qurishga va u yerda dehqonchilikni rivojlantirishga farmon bergandi. Shu maqsadda M.S.ga 40 ming qoʻshin berilgan. 1399 yil M.S. mana shu chegara istehkomidan moʻgʻullarga qarshi kurashda foydalanmoqchi boʻlgan, biroq Fargʻona hokimi Iskandar mirzo undan avvalroq oʻzboshimchalik bilan Sharqiy Turkistonga zafarli yurish qilgan. Shu tufayli shahzodalar oʻrtasida nizo tugʻilib, 1400 yil M.S. buyrugʻiga koʻra, Iskandar Samarqandga keltirilib, hibsga olingan, uning otabegi va 26 navkari qatl etilgan. 1399 yil Amir Temur "Yetti yillik" yurishga ketar ekan, Samarqand hukmronligini 23 yoshli M.S.ga topshirib ketadi. 1401 yil mart oyida Amir Temur Suriyada turib M.S.ga sobiq Hulaguxon tasarrufida boʻlgan viloyatlarni (Iroq yoki Shim.-Gʻarbiy Eron) boshqarish haqida farmon yuboradi. 1402 yilda Amir Temurning Boyazid I Yildirimga qarshi yurishida M.S. faol qatna-shadi. U Kichik Osiyoning gʻarbiy chekkasigacha boradi. U yerdan qaytayotib, 1403 yil 12 martda Qora Hisor mavzeida shamollab 27 yoshida vafot etadi. M.S.ni u qurgan madrasaga dafn qilishgan.

Boburning taʼkidlashicha, M.S. Samarqand qalʼasi jan.da ToshqoʻrgʻonChaqarda Madrasa va xonaqoh qurdirgan. M.S. vafotidan soʻng Amir Temur uning xotirasiga atab maqbara qurish haqida farmon bergan. Maqbara Madrasa hovlisining toʻriga bunyod etilgan.

Turgʻun Fayziyev[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil