Muhammad rafi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad rafi (1924.4.12, Pan-job shtati — 1981.31.7, Bombay) — hind xonandasi. Nihoyatda jozibali, keng diapazonli ovoz sohibi. Dastlabki musiqa saboqlarini Abdul Vohiddan olgan. 13 yoshidan oʻz xushovozligi bilan tanilib, yirik shahar (Bombay, Dehli va boshqalar) larda konsert bergan. 1940-yillardan boshlab Bombay radiosi va kinostudiyalarida ishlagan. Qariyb 40 yillik faoliyati davomida koʻpgina hind kinofilmlarida ("Bav-ju bavra", "Dunyo", "Sangam", "Tojmahal", "Qasos va qonun" va boshqalar) minglab qoʻshiq kuylagan. Repertuaridan, shuningdek, hind mumtoz "gʻazal"lari, panjob, bengal, tamil tillarida aytilgan qoʻshiklari oʻrin olgan. Hindistondagi "Film-feyer" festivali hamda "Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi" uchun beriladigan Davlat mukofotiga bir necha bor sazovor boʻlgan (1961—80).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil