Muhammad odilshoh maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad odilshoh maqbarasi — Bijapur (Xindiston)dagi meʼmoriy yodgorlik (1626—1660). "Gol-gumbaz" maqbarasi deb ham nomlanadi. Maqbara murabba tarxdi (60x60 m), balandligi 65 m, ichi ravokli, ustunsiz va bezaksiz. Gumbaz (diametri 41 m) kattaligi jihatidan jahonda 2-oʻrinni egallagan. Doira shaklida pishiq gʻishtdan terilgan. Uning asos qalinligi 3 m, yuqori qismi qalinligi esa 2,72 m dir. Ichi ravoqlari va balandligi hisobiga ancha keng koʻrinadi, 4 burchagida bir Muhammad Odilshoh maqbarasi. xilda alohida minoralar ishlangan. Minoralar jimjimador shaklda, aylana tarxli, mayda ravoqchali darchalardan tashkil topgan. 7 qatlamli, yuqorisidagi qafasasi gumbazcha bilan yakunlangan. Bu minoralar oʻziga xos koʻrinishi bilan hashamatli binoni ixcham qilib koʻrsatadi. Bosh tarzi 3 qismli, oʻrtadagi kiraverish turli shakldagi mayda ravoqchalar va sharafalar bilan bezatilgan. Maqbara Boburiylar hukmronligi davrida qurilgan. Tuzilishi Ismoil Somoniy mafarasjg . oʻxshash. Unda Oʻrta Osiyo va Hindiston meʼmorligi oʻzaro uygʻunlashgan. M.O.M. muhandisqurilish sohasidagi buyuk namunadir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil