Muhammad nodir Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad nodir Samarqandiy (16-asr oxiri — 17-asr) — musavvir, yirik portretchi. Asli Samark,andlik, keyinroq Hindistonga borib Ja-hongir (1605 — 27) va Shoh Jaqon (1627—58) saroyida ijod qilgan. M. N. ijodida Oʻrta Osiyo va Hindiston miniatyura maktablari anʼanalari uy-gʻunlashgan; portretlarida kishilarning ruhiy holati, ichki olamini yoritishga intilish seziladi. "Savdogarlar Yusufni quduqsan tortib olmoqdalar" (Rossiya milliy kutubxonasida) kabi koʻp shaklli kompozitsiyalar, Jahongir, Shoh Jahon, shahzoda Doniyol (Britaniya muzeyida) va Xusrav (Luvrda), davlat arboblari Xalilulloxon, Izzatxon, Asafxon oʻgʻli Mirzo, Sher Muhammad (Britaniya muzeyida) portretlarini yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil