Muhammad murod samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad murod samarqandiy (16-asr) — musavvir, Samarqand miniatyura maktabinchng yirik vakili. Oʻziga xos uslubi, yuksak badiiy saviyadagi asarlari bilan Oʻrta Osiyoda miniatyura sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Firdavsiyning "Shohnoma" (1556 yilda koʻchirilgan nusxasini bezagan 115 ta miniatyurasi OʻzFA SHIda), Saʼdiyning "Boʻston" (Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) asarlariga ishlagan miniatyuralari bizgacha yetib kelgan. M.M.S. ijodida badiiy usullarni yangilashga intilgan; anʼanaviy syujet va kompozitsiyalar tuzilishidan qochgan musavvir keskin syujetlarni tanlab olib (mas, oʻzining orqasidan ommani zulmga qarshi ergashtira olgan temirchi Kova qoʻzgʻoloni, oʻzining be-gunoxligini olovda sinash bilan isbotlagan Siyovush va boshqalar), kishilarning qiyofalarini taʼsirchan ruhiy holatda bera olgan; kam shakllar orqali qoʻshinlar, ularning sarkardalari oʻrtasidagi qizgʻin jang lavhalarini yaratishga erishgan. Asarlar koloriti jiddiy, keng boʻyokdar gammasida yorqin ranglar bilan bir qatorda ularning xilmaxil tuslaridan ham foydalanilgan; musavvirning har bir asar uchun alohida qatʼiy ranglar uygʻunligini tanlab olishi diqqatga sazovor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil