Muhammad muqim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad muqim (yoki Xoja Muqim, 17-asr) — musavvir. Ashtarxoniylardan Abdulʼazizxon (1645—80) va Subxonqulixon (1680—1702) kutubxonasida ijod qilgan. M.M. kishilar tasviriga alohida ahamiyat beradi, tasvirlar nafis ishlanishi, qiyofalar ifodaliligi, kompozitsiyalar mutanosibligi, kam shaklliligi hamda shakllar yirikligi bilan diqqatga sazovor. Xoja Gado, Avaz Muhammad, Mulla Behzod kabi musavvirlar va Mirzo Barqiy, Mulla Mir Munshiy, Ibn Arabshoh kabi xattotlar bilan birga ishlab, Nizomiyning "Hamsa" (1669, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida), Firdavsiyning "Shohnoma" (1664, Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida, inv. №3463) asarlarini badiiy bezagan. Shuningdek, Firdavsiyning "Shohnoma", "Narimonnoma", "Bayonnoma", "Faramuznoma" qoʻlyozmalar majmuasiga (1670, O. Oleber maj-muasida) rasmlar ishlashda katnashgan.

Muhammad Muqim. "Siyovushni oʻtda sinash" (Firdavsiyning "Shohnoma" asariga ishlangan, 1664, Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil