Muhammad mirolim buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad mirolim buxoriy (19-asr) — buxorolik tarixchi olim. Amir Nasrullaxon (hukmronligi: 1826—1860) davrida Huzor (Gʻuzor) hokimi Muhammad Olimbekning xizmatida boʻlgan va uning topshirigʻi bilan "Fathnomai Sultoniy" ("Sulton fath-nomasi") tarixiy kitobini yozgan. Asar muqaddima va 29 bobdan iborat. U amir Shoxmurod (hukmronligi: 1785—1800) davridan to amir Nasrullaxon hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida boʻlib oʻtgan voqealarni oʻz ichiga oladi. Shohmurodning Afgʻoniston hukmdori Temurshohga qarshi harbiy yurishlari tasvirlangan. Muarrix Nasrullaxon davri voqealarini batafsil yoritadi. Uning va-foti tufayli asarning 2qismi yozilmagan. "Fathnomai Sultoniy"ning Muhammad Murod Samarqandiy. "Rustam filni oʻldirishi" (16-asr oxiri, Firdavsiyning "Shohnoma" asariga ishlangan).

1qismi O. Chexovich tomonidan rus tiliga tarjima qilingan (lekin, nashr etilmagan). Asar qoʻlyozmasi va ruscha tarjima Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Saidqulov T., Oʻrta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar, T., 1993; Ahmedov B., Oʻzbekiston tarixi manbalari, T., 2001.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil