Muhammad ibn al-Bays
Muhammad ibn al-Bays ibn Halbas (arabcha: محمد بن البعيث بن حلبس) (taxminan IX asr boshlari), Ibn Bays nomi bilan ham tanilgan, Abbosiylar xalifaligi davrida Marandning arab hokimi[1].
Arablar tomonidan Fors viloyati fath etilgach, Muhammad ibn al-Baysning bobosi Halbas yollanma askar sifatida Marandni egallab olgan. Muhammad ibn al-Bays Marandda qal’alar qurgan, 815-yilda Tabriz va Urmiya koʻli yaqinidagi Shahi shahrini ham egallagan[2]. U dastlab Bobak boshchiligidagi Xurramiylar harakati bilan yaxshi munosabatda boʻlgan, biroq keyinchalik Xurramiylarga qarshi xalifa tomoniga oʻtib, Bobak qoʻmondonlaridan birini qoʻlga olgan[2]. Biroq Muhammad ibn al-Baysning Abbosiylar bilan aloqalari uzoq davom etmadi va u xalifa Mutavakkil davrida hibsga olindi[2]. Tarixchi Ibn Hurdodbeh Marandni Muhammad ibn al-Baysning mulki deya maʼlumot bergan[2]. Tarixchi at-Tabariy Marandga yuborilgan harbiy yurishni tasvirlarkan, Marand devorlar bilan oʻralgan hudud boʻlib, bogʻlari bir farsah (taxminan 6 km) atrofda edi, deya ma'lumot bergan. Shahar tashqarisidagi oʻrmonlar esa Marandga qoʻshimcha himoya vazifasini bajargan. 849–850-yillar atrofida Ibn Bays Abbosiylar kuchlari tomonidan qoʻlga olingan[2]. Mutavakkil huzuriga olib kelinganida xalifa uni qatl etishni buyurgan, biroq Ibn al-Bays arab tilida sheʼr oʻqib bergan va Mutavakkil uning isteʼdodidan hayratga tushgan. Shundan soʻng, uni qatl etish buyrugʻi bekor qilinib, hibsda saqlangan va Ibn Bays qamoqdalik vaqtida vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Minorsky, „Marand“ in Encyclopaedia of Islam. Edited by: P. Bearman, Th. Bianquis, C. E. Bosworth, E. van Donzel and W. P. Heinrichs. Vol. 6, (1991): pg 504 „According to one of al-Tabari’s authorities (iii, 1388), the shaykhs of Maragha who praised the bravery and literary ability (adab) of Ibn Bai’th also quoted his Persian verses (bi’l-fdrisiyya). This important passage, already quoted by Barthold, BSOS, ii (1923), 836-8, is evidence of the existence of the cultivation of poetry in Persian in northwestern Persia at the beginning of the 9th century. Ibn Bai’th must have been Iranicised to a considerable extent, and, as has been mentioned, he relied for support on the non-Arab elements in his Rustakhs (‘Uludj Rasatikhi’)“
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Minorsky, „Marand“ in Encyclopaedia of Islam. Edited by: P. Bearman, Th. Bianquis, C. E. Bosworth, E. van Donzel and W. P. Heinrichs. Vol. 6, (1991): pg 504 „According to one of al-Tabari’s authorities (iii, 1388), the shaykhs of Maragha who praised the bravery and literary ability (adab) of Ibn Bai’th also quoted his Persian verses (bi’l-fdrisiyya). This important passage, already quoted by Barthold, BSOS, ii (1923), 836-8, is evidence of the existence of the cultivation of poetry in Persian in northwestern Persia at the beginning of the 9th century. Ibn Bai’th must have been Iranicised to a considerable extent, and, as has been mentioned, he relied for support on the non-Arab elements in his Rustakhs (‘Uludj Rasatikhi’)“