Kontent qismiga oʻtish

Muhammad ibn Ubaydulloh al-Xoqoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad ibn Ubaydulloh al-Xoqoniy
محمد بن عبيدالله الخاقاني
Tavalludi
Vafoti taxminan 924/5
Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi
Kasbi Abbosiylar vaziri va saroy amaldori
Faoliyat yillari 912-yil iyul – 913-yil avgust
Bolalari Abdulloh ibn Muhammad al-Xoqoniy
Otasi Ubaydulloh ibn Yahyo ibn Xoqoniy

Abu Ali Muhammad ibn Ubaydulloh al-Xoqoniy (arabcha: محمد بن عبيدالله الخاقاني‎) – Abbosiylar xalifaligining yuqori martabali amaldori, 912—913-yillarda xalifalik vaziri lavozimida xizmat qilgan.

Muhammad ibn Ubaydulloh xalifa al-Mutavakkil va al-Mu’tamid hukmronligi davrida ikki marta vazir lavozimida xizmat qilgan taniqli Ubaydulloh ibn Yahyo ibn Xoqonning oʻgʻli boʻlgan[1]. Mashhur tarixchi at-Tabariy unga ustozlik qilgan boʻlib, aytilishicha, har oyda u oʻn tilla dinor maosh olgan[2]. Muhammad Ali ibn al-Furotning raqibi boʻlgan. 912-yil 23-iyulda xalifa al-Muqtadirning vaziri etib tayinlangan va 913-yil 16-avgustgacha shu lavozimda faoliyat yuritgan[1]. Uning vazirlik davri xalifalik moliyasini mustahkamlashga urinishlar bilan ajralib turadi. Xususan, oʻsha vaqtda Banu al-Furot guruhiga mansub lavozimdan chetlatilgan amaldorlarga ogʻir jarimalar solingan. U, shuningdek, hanbaliylik mazhabini qoʻllab-quvvatlagan va shuning ketidan shialarga qarshi choralar koʻrilgan[1]. Ishdan boʻshatilgandan soʻng, Ali ibn Iso al-Jarroh tomonidan hibsga olingan. Keyinchalik 917-yilda yana vazirlikka qaytgan raqibi Ibn al-Furot tomonidan qamoqqa olingan[1]. Muhammad ibn Ubaydulloh 924/925-yilda vafot etgan[1]. Shuningdek, uning oʻgʻli Abdulloh ham 924–925-yillarda qisqa muddat vazir lavozimida xizmat qilgan[1].