Muhammad ibn Saud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ibn Saud
(arabcha: محمد بن سعود )
 1-Saudiya davlati amiri
Mansab davri
1744 – 1765
Oʻtmishdoshi Diriya amirligi
Vorisi Abdulaziz ibn Muhammad
Diriya amiri
Mansab davri
1726 – 1744
Oʻtmishdoshi Zayd ibn Migrin
Keyingisi davlat tashkil qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
(arabcha:  محمد بن سعود بن محمد آل سعود)

1710-yil tax.
Diriya, Ar-Riyod
Vafoti 1765-yil
Ar-Riyod
Millati arab
Turmush oʻrtogʻi Mudi bint Vatban
Bolalari Abdulaziz, Faysal, Saud, Ali, Abdulloh
Otasi Saud ibn Muhammad ibn Mikrin
Kasbi Davlat arbobi
Dini islom (salafiylik)

Muhammad ibn Saud (taxminan 1710 — 1765 yy.) — Diriya amiri (17261744-yy.) — Saudiya birinchi davlatining (Diriya amirligi[1]) asoschisi va birinchi hukmdori (17441765-yy.).

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Banu Hanifa qabilasining Al Mikrin urugʻi vakili hisoblanadi. 1720-yildan 1725-yilgacha Diriya amiri boʻlgan Saud ibn Muhammad al Mikrinning[2] oʻgʻli.

17-asr oxiri — 18-asr boshlarida Saudiya Arabistonining markaziy qismi boʻlgan Najd — tarqoq badaviy qabilalari va qoʻshni viloyatlardan kelgan qabilalar bir -biri bilan urushuvchi vohalar yigʻindisi boʻlib tasniflangan . Baʼzi qabilalar va vohalar Makka sohiblariga boj toʻlaganlar va muntazam ravishda hijozliklar hujumiga uchraydilar. Biroq, ocharchilik va ichki tartibsizliklar Hijozning kuchiga putur yetkazdi va 1720-yillardan boshlab ular Markaziy Arabistonga hujum qilishni toʻxtatdilar. Bundan foydalanib, Arabiston sharqida Banu Xolid qabilasidan boʻlgan Shayx Barrak kuchaya boshlaydi va Najdga bostirib kiradi. Oʻsha davrda Najd qabilalarini birlashtira oladigan yagona kuch yoʻq edi. Har bir qabilaning oʻz shayxi bor edi va har bir vohaning oʻz amiri bor edi. Ular doimo bir-biri bilan nizolashib kelishardi.

Abdulvahhobning gʻoyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

18-asr boshlarida Arabistonda ilohiyotshunos Muhammad ibn Abdulvahhob paydo boʻldi. U haqiqiy tavhidga qaytishga chaqirar, ming yillar davomida Islomda vujudga kelgan avliyolarga sigʻinishni va boshqa yangiliklarni rad etardi, badaviylar orasida hanuzgacha keng tarqalgan va koʻpincha islom bilan birlashib ketgan turli xil mahalliy islomgacha eʼtiqodlarni qoralaydi. Muhammad ibn Abdulvahhob Basra, Huraymal va Uyaynada vaʼz qilgan, lekin hech qaerda uni tushunadiganlar topmagan. Taxminan 1744-yilda Ibn Abdulvahhob Diriyaga joylashdi, u yerda bir necha izdoshlariga ega boʻladi, ular orasida amirning ikki ukasi va rafiqasi bor edi.

Bu vaqtda Diriya kichik va kambagʻal shahar edi. Anaza qabilasidan boʻlgan Muhammad ibn Saud 1726-yilda yilda bir qator fuqarolik janjallaridan soʻng amir sifatida taxtga oʻtiradi. Tez orada u Muhammad ibn Abdulvahhobning gʻoyalari bilan toʻlib-toshadi va uning imkoniyatlarini yuqori baxolaydi. Chekishni, ipak kiyim kiyishni va shovqinli bayramlarni oʻtkazishni rad etgan vahhobiylar, begʻubor hayot tarzi bilan ajralib turadigan Usmonli zodagonlarining muxoliflarini oʻz tomonlariga ogʻdiradilar. Tavhid tamoyili, mahalliy kultlardan voz kechish, ilgari tarqab ketgan arab qabilalari birlashgan yadroga aylantirdi.

Muhammad ibn Abdulvahhob Diriyaga kelganidan soʻng amir Muhammad Ibn Saud yangilangan din bayrogʻi ostida hujumlar oʻtkaza boshladi va shu tufayli u tezda atrofdagi qabilalar orasida obroʻ-eʼtibor qozonishni boshladi. Avvaliga unga Uyayna amiri Usmon ibn Muammar yordam berdi, u oʻz vaqtida Muhammad ibn Abdulvahhobni oʻzidan uzoqlashtirganidan afsusda edi. Ammo Abdul Vaxxob Usmonning gunohini kechirmadi. U xiyonatda (Al-Xasa amiri bilan maxfiy aloqa qilganlikda) ayblanadi va juma namozi paytida oʻldiriladi.

Ibn Saudning boshqa raqibi Ar-Riyod amiri Dahham ibn Davvas edi. Muhammad Ar-Riyodga bir qancha muvaffaqiyatli hujumlar uyushtiradi 1757-yilda Dahhamning harakatlariga toʻsqinlik qilish uchun shahar yaqinida qal’a quradi. 1760-yillarning boshlarida Dahham Ibn Saudning ustunligini tan olishga majbur boʻldi. Shu bilan birga, Ayyana mustaqilligini yoʻqotdi, u yerda saudiylarga toʻliq boʻysungan hukmdor qamoqqa tashlanadi.

1764-yil oxirida saudiylar Najrondan katta koʻchmanchilar bosqiniga duch kelishdi. Magʻlubiyatdan soʻng, Ibn Abdulvahhobning epchilligi tufayli, Ibn Saud najronliklarga al-Xasadan yordam kuchlari kelishidan oldin ular bilan sulh tuzishga muvaffaq boʻldi. Xasaliklar otryadlari toʻplar bilan qurollanganiga va ularga Ar-Riyod va Al-Xarj amirlari qoʻshilganiga qaramay, Diriyaniololmadilar.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Saudning rafiqasi Mudi bint Abi Vahton Al Qatir boʻlgan. Uning Xotini Muhammad bin Abdul Vahhob bilan uchrashishida muhim rol oʻynagan[3][4]. Uning besh nafar oʻgʻli bor edi:

  • Saud;
  • Faysal;
  • Abdulaziz;
  • Abdulloh;
  • Ali.

Ulardan Saud va Faysal 1747-yilda jangda halok boʻlganlar[5].

Muhammad bin Saud sodda kiyingan va Mamluk va Usmonli hukmdorlaridan farqli oʻlaroq, uning qurollari bezaklarsiz edi[6].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1765-yilda amir Muhammad ibn Saud vafot etadi va taxt uning katta oʻgʻli Abdul Azizga oʻtadi[7][8].

Meros[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Islom universiteti Imom Muhammad ibn Saud sharafiga nomlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. T. R. McHale (Autumn 1980). „A Prospect of Saudi Arabia“. International Affairs. 56-jild, № 4. 622–647-bet. doi:10.2307/2618170. JSTOR 2618170.
  2. John Pike. „King Abdul Aziz Bin Abdul Rahman Al-Saud“. Global Security. 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
  3. Parvaiz Ahmad Khanday (2009). A Critical Analysis of the Religio-Political Conditions of Modern Saudi Arabia (PDF) (PhD thesis). Aligarh Muslim University.
  4. „Interview. Prince Amr bin Mohammed“. PBS. Frontline. Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
  5. Gary Samuel Samore (1984). Royal Family Politics in Saudi Arabia (1953-1982) (PhD thesis). Harvard University. 18-bet. ProQuest 303295482.
  6. Mohamed Mohamed El Amrousi (2001). Beyond Muslim space: Jeddah, Muscat, Aden and Port Said (PhD thesis). UCLA. 24-bet. ISBN 978-0-493-48568-3. ProQuest 304688724.
  7. Bilal Ahmad Kutty (1997). Saudi Arabia under King Faisal (PDF) (PhD thesis). Aligarh Muslim University. 27-bet.
  8. Samiah Baroni (2006). Saudi Arabia and Expansionist Wahhabism (MA thesis). University of Central Florida. 36-bet.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]