Muhammad ibn Muhammad Marg‘inoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ibn Muhammad Marg‘inoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Muhammad ibn Muhammad Marg‘inoniy (arabcha: محمد بن محمد المرغيناني — Muhammad ibn Muhammad Marg‘inoniy — Toʻliq ismi: Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad Marg‘inoniy (vafoti 725/1326-yillar) — Faqih.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad ibn Muhammad Marg‘inoniy fiqh bilan bir qatorda turli ilmlarni o‘zida jam qilgan alloma. Manbalarda ustozlari haqida maʼlumotlar keltirilmagan. Ilmiy merosini esa „Sharh jomi’i-l-kabir“ („Katta to‘plam sharhi“) va „Nazmu-l-jomi’i-s-sag‘ir“ („Kichik to‘plamning sheʼriy matni“) kabi asarlar tashkil qiladi.[1]

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sharh jomi’u-l-kabir
  • Nazmu-l-jomi’u-s-sag‘ir


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 376.