Muhammad ibn Abu ash-Shavorib
Muhammad ibn Abu ash-Shavorib محمد بن أبي الشوارب | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | 904/905 |
| Vafoti | 958-yil noyabr/dekabr |
| Dini | Islom |
| Ota-onasi | Al-Hasan ibn Abdulloh |
| Era | Islom oltin davri |
| Hudud | Abbosiylar xalifaligi |
| Imom | Sunniylik (Hanafiylik) |
| Asosiy qiziqish(lar)i | Islom ilohiyoti, tavhid, fiqh |
Abu al-Hasan Muhammad ibn al-Hasan ibn Abdulloh ibn Ali ibn Muhammad ibn Abdulmalik ibn Abu ash-Shavorib (arabcha: محمد بن الحسن بن أبي الشوارب) – X asrda yashagan musulmon huquqshunosi, Bagʻdodning bosh qozisi.
Muhammad ibn Abu ash-Shavorib 904/905-yilda tugʻilgan[1] va hanafiylik mazhabiga mansub boʻlgan. Muhammad Abbosiy xalifalari uchun IX–XI asrlarda 24 nafar qozi, jumladan, 8 nafar bosh qozi yetishib chiqqan Banu ash-Shavorib oilasiga, yaʼni Banu Umayya qabilasining bir tarmogʻiga mansub edi[1]. 944-yil sentabr oyida xalifa al-Mustakfiy taxtga chiqqanidan koʻp oʻtmay, Muhammad al-Mansur va Sharqiya (Gʻarbiy Bagʻdod, xalifalik saroylari joylashgan) shaharlarining bosh qozisi etib tayinlangan. Shu davrda uning ukasi Abdulloh ibn Abu ash-Shavorib Sharqiy Bagʻdodning qozisi boʻlib xizmat qilgan[1]. Biroq Muhammad 945-yil 16-sentyabrda xalifaning qozilarni tozalash siyosati doirasida lavozimidan chetlatilgan va hibsga olingan[1].
946-yil yanvarida al-Mutiy xalifa boʻlgach, Muhammad yana qayta Sharqiya, Ikki muqaddas shahar Makka va Madina, Yaman, Misr, Suriyaning bir qismi, Iroqning Saqi al-Furot, Vosit va Samarra viloyatlari qozisi lavozimiga qayta tayinlangan[1]. Biroq 947-yilning yanvar/fevral oylarida yana ishdan boʻshatilgan va 958-yil noyabr/dekabrda vafot etgan[1].
Muhammadning ukasi Abdulloh 961–963-yillarda bosh qozi boʻlib xizmat qilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Busse, Heribert. Chalif und Grosskönig - Die Buyiden im Irak (945-1055) (German). Würzburg: Ergon Verlag [1969], 2004. ISBN 3-89913-005-7.