Muhammad husayn Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad husayn Mirzo (1476— 1503) — temuriy shahzoda. Husayn Boyqaronit 4-oʻgʻli. Onasi — Minglibiy Ogʻacha begim. Sulton Husayn Boyqaro Badiuzzamon Mirzo isyon koʻtargan vaqtda Astrobodni M.H.ga inʼom qilgan (1499). M. H. Astrobod bilan cheklanmay, yangi-yangi yerlarni oʻz tasarrufiga kiritish xayoliga tushadi. 1500 yil u Is-faroinga hujum qiladi. Isfaroin hukmdori amir Badriddin Husayn Boyqaroning eng yaqin kishilaridan edi. Jangda amir Badriddin qoʻshini yengilib, oʻzi ham qalok boʻladi. Bu xabarni eshitgan Muzaffar Husayn Mirzo ukasi M.H.ga qarshi qoʻshin yuboradi, lekin jang uning magʻlubiyati bilan tugaydi. M.H. qoʻshini Nishopurgacha gʻorat qilib boradi. Johil farzandlarini tinchlantirish uchun Husayn Boyqaro Hirotni amir Alisher Navoiy va amir Muhammad Valibek ixtiyoriga topshirib, oʻzi Astrobodga askar tortadi. M.H. otasining katta qoʻshiniga dosh berolmasligini sezib, Astrobodni tashlab qochadi. Husayn Boyqaro Astrobodga kelib, 3—4 kunda osoyishtalik oʻrnatadi. Shu asnoda M.H. oʻz otasiga qilgan xatti-harakatlaridan afsuslanib, shahanshoxdan uzr soʻrab, elchi yuboradi. Husayn Boyqaro oʻgʻlining gunoxlarini kechirib, Jurjon mulkini inʼom qilib, oʻzi Hirotga qaytadi. Ammo, qoʻp oʻtmay (1503 yil) M.H. xasba (qora bezgak) kasaliga uchrab, 28 yoshida vaTurgʻun Fayziyev[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil