Muhammad buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad buxoriy (toʻliq nomi Muhammad Said binni Mirzo Buxoriy, 17-asr) — musavvir; Kamoliddin Bexzod, Maxmud Muzaxxib, Muhammad Murod Samarqandsh anʼanalarining davomchisi. M.B. yaratgan miniatyuralar adabiy asarlarning , tasviriy bayoni boʻlishi bilan birga mahalliy xalqning koʻchmanchilik turmushi, qishloq hayotining badiiy ifodasi sifatida ham qimmatli. Jumladan, Oʻzbekiston FA Sharqshu-noslik intida saqlanayotgan Durbekning "Yusuf va Zulayho" dostoniga ishlagan 5 ta moʻʼjaz rasmlari saqlangan. M.B. rasmlaridan biri "Yusuf va uning ogʻalari" (1616) asarida tiniq ranglar, asar syujetining aniq tafsiloti orqali monumental ruhdagi miniatyura yaratishga muyassar boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil