Muhammad burunduq barlos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad burunduq barlos (toʻliq ismi Muhammad Burunduq ibn Ali ibn Burunduk, ibn Jahonshoh ibn Joku Barlos) (taxminan 15-asr oʻrtalari — 16-asr boshi) — Sulton Husayn Boyqaronkng lashkarboshisi. Husayn Boyqaro 1495— 96 yillarda Hisor, Xuttalon va Badax-shonga yurish qilganida M.B.B.ni Xuttalonga joʻnatgan. "Boburnoma"da yozilishicha M. B. B. temuriylardan dastlab Abulqosim Bobur Mirzoning , keyinchalik Abu Sayd Mirzoning beki boʻlgan. Abu Caud uni hurmat qilib, unga va Jahongir Barlosga Kobulni bergan, oʻgʻli Ulugʻbek Mirzoga otaliq (otka) etib tayinlagan. Boburnij yozishicha, M. B. B. "bilimlik, bisyor sardor kishi edi". M.B.B. Husayn Boyqaro va uning su-yukli xotini Xadicha begimning oʻgʻli Muzaffar Husayn Mirzoga sohibixtiyor bek etib tayinlangandi. Husayn Boyqaro vafotidan soʻng (1506) M.B.B., Zunnunbek va boshqa beklar kelishib Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzolarni taxtga oʻtqazganlar. Zunnunbek Badiuzzamon huzurida, M.B.B. Muzaffar Husayn Mirzo huzurida bosh bek (sohibixtiyor) boʻlganlar. Shayboniyxon Balxni qamal qila-yotgan edi. Beklar Bodhizga yetishganda ularga boshqa shahzodalar kelib qoʻshilgan. M. B. B. Boburni ham bu yurishga taklif etish uchun uning huzuriga borgan. Bobur M.B.B. bilan safarga otlangan. Mirzolar Hirotdan chiqib Murgʻobga yetib kelgunlarigacha 3 oy vaqt oʻtgan. Bu orada Balx taslim boʻlgan, Shayboniyxon Samarqandga qaytib ketgan. Temuriy shahzodalar qoʻshini tarqab ketgan. 1507 yil Shayboniyxon Hirotni qamal qilganida M.B.B. shahar mudofaasiga bosh boʻlgan, biroq raqibiga dosh berolmay shaharni tashlab qochgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil