Muhammad bin abdulla Said alhasan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad bin abdulla Said alhasan (taxminan 1860—1920.21.12, Efiopiya, Imi r-ni) — Somali xalqining milliy qahramoni, Buyuk Britaniya va Italiya mustamlakachilariga qarshi ozodlik qoʻzgʻoloni rahbari (1899— 1920). Somali ya.o. ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olinib, taqsimlangandan keyin boshlangan qoʻzgʻolon milliy ozodlik tusini olgan. Qoʻzgʻolon "Muqaddas urush" (jihod), "dinsizlar"ga qarshi koʻrinish shaklini olib, Somali xalqining keng ommasini qamrab olgan. Natijada ingliz mustamlakachilari ichki r-nlardan qoʻshinlarini olib chiqishga majbur boʻlishgan. Ozod qilingan hududlarda markazlashgan davlat tuzish harakati boshlangan. 1920 yil dagina ingliz mustamlakachilari aviatsiya yordamida Muhammad bin abdulla Said alhasanA. ning qoʻshinini magʻlubiyatga uchratishgan. Muhammad bin abdulla Said alhasanA. uyushqoqlik bilan qoʻshinini Efiopiyaga oʻtkazishga erishgan, lekin koʻpgina qoʻzgʻolonchilar va uning oʻzi kasallikdan vafot etishgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil