Muhammad al-Boqir
Muhammad al-Boqir | |
|---|---|
محمد الباقر | |
|
Xuroson savdogarlari hay’atining al-Boqirni (markazda) ziyorat qilayotgani tasvirlangan surat (1526-yil) | |
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | tax. 676 |
| Vafoti |
tax. 732 Madina, Umaviylar xalifaligi |
| Oʻlim sababi | Zaharlanish[a] |
|
Jannat al-Baqiy, Madina 24°28′1″N 39°36′50.21″E / 24.46694°N 39.6139472°E | |
| Dini | Shia Islomi |
| Turmush oʻrtoq(lar)i |
|
| Farzandlari | |
| Ota-onasi | |
Muhammad ibn Ali al-Boqir (arabcha: محمد بن علي الباقر; tax. 676 — tax. 732) — Islom paygʻambari Muhammadning avlodi va shialikdagi oʻn ikki imomning beshinchisi boʻlgan. U otasi Ali ibn Husayn Zaynulobidindan keyin imomlikni qabul qilgan va undan soʻng oʻgʻli Jaʼfar as-Sodiq imom boʻlgan. Muhammadning al-Boqir faxriy unvoni „Boqir al-ilm“ soʻzining qisqartmasi boʻlib, „bilimlarni yorib ochuvchi“ degan maʼnoni anglatadi va bu uning din olimi sifatidagi shuhratiga ishoradir.
Muhammad taxminan milodiy 676-yilda Madinada tugʻilgan. 680-yilda, u hali kichik bola boʻlganida, Karbalo jangiga guvoh boʻladi. Bu jangda uning bobosi Husayn ibn Ali va qarindoshlarining aksariyati Umaviylar xalifasi Yazid ibn Muoviya (hukmronligi 680–683-yillar) qoʻshinlari tomonidan qirgʻin qilinadi. Taxminan 712-yilda otasi vafot etgach, Muhammad uning aksariyat izdoshlari tomonidan navbatdagi imom sifatida tan olinadi. Bu izdoshlar imomiylar boʻlib, ular hozirgi shia musulmonlarining koʻpchiligi hisoblangan oʻn ikki imomchilar va ismoiliylarning oʻtmishdoshlari edi. Biroq oʻsha davrda bu siyosiy faol boʻlmagan guruh Umaviylarga qarshi harakat qilgan boshqa raqib shia guruhlariga nisbatan ozchilikni tashkil etardi. Zaydiylar ana shunday raqib guruhlardan biri edi. Ular al-Boqirdan ancha yosh boʻlgan oʻgay ukasi Zayd ibn Aliga ergashganlar. Zayd al-Boqirning vafotidan koʻp oʻtmay muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolon koʻtargan edi. Al-Boqir esa, aksincha, otasi singari siyosiy jihatdan faol boʻlmagan, lekin shunga qaramay, Umaviylar, ayniqsa, xalifa Hishom (hukmronligi 724–743-yillar) tomonidan taʼqibga uchragan.
Muhammad al-Boqir Madinada taqvodorona va ilmiy hayot kechirib, oʻziga tobora koʻproq izdoshlar, shogirdlar va ziyoratchilarni jalb qilgan. U yigirma yillik imomligi davomida oʻn ikki imom shialigining aqidaviy va huquqiy asoslarini yaratgan deb hisoblanadi. Shuningdek, uni ismoiliy va zaydiy fiqhining asoschisi deb ham eʼtirof etish mumkin. Bundan tashqari, u Qur’onning oʻn ikki imom shialigi tafsiriga salmoqli hissa qoʻshgan. Al-Boqir shogirdlarining aksariyati hozirgi Iroq hududidagi Kufa shahrida istiqomat qilgan va ularning koʻpchiligi keyinchalik atoqli shia faqihlari va hadisshunoslariga aylangan. Zurora ibn Aʼyon kabi baʼzi shogirdlari (shia) imomlari belgilab bergan umumiy ilohiy-huquqiy doiradan chetga chiqqan mustaqil qarashlarni maʼqullamagan al-Boqir bilan gohida ixtilof qilgan boʻlishi ham mumkin. Sunniylikda al-Boqir fiqh va hadis ilmida nufuzli olim sifatida tan olinadi, biroq shialikka qarshi va sunniylikning ilk namoyandasi sifatida tasvirlanadi.
Aksariyat shia manbalariga koʻra, Muhammad al-Boqir taxminan 732-yilda Umaviylar tomonidan zaharlab oʻldirilgan. U Madinadagi Baqi qabristoniga dafn etilgan, biroq qabri ustidagi maqbara vahhobiylar tomonidan ikki marotaba buzib tashlangan. Al-Boqirning oʻrnini toʻngʻich oʻgʻli Jaʼfar as-Sodiq egallab, shia ilohiyoti va fiqhini yanada rivojlantirgan.
Nasl-nasabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad al-Boqir Islom paygʻambari Muhammadning avlodi boʻlib, u zotning shajarasi paygʻambarning har ikki nabirasi — oʻn ikki shia imomining ikkinchisi va uchinchisi boʻlgan Hasan va Husaynga borib taqaladi. Aniqrogʻi, al-Boqirning otasi Husaynning oʻgʻli, oʻn ikki imomning toʻrtinchisi Ali Zaynulobidin as-Sajjod edi. Muhammadning onasi Fotima Ummu Abdulloh boʻlib, ona tomondan bobosi esa Hasan boʻlgan[2].
Hasan va Husayn birinchi shia imomi Ali ibn Abu Tolibning Islom paygʻambari qizi Fotimadan koʻrgan toʻngʻich oʻgʻillari edi[2].
Unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammadning kunyasi Abu Jaʼfar,[3] faxriy unvoni esa al-Boqirdir. Bu unvon „baqir al-ilm“ soʻzining qisqartmasi boʻlib, „bilimni yoruvchi“ (yuzaga chiqaruvchi) yoki „katta ilm sohibi“ degan maʼnolarni anglatadi. Har ikkala maʼno ham Muhammadning din olimi sifatidagi shuhratiga ishora qiladi[2].
Baʼzi manbalarga koʻra, Muhammad tirikligidayoq al-Boqir unvoni bilan tanilgan. Shia manbalarida aytilishicha, bu unvonni Islom paygʻambari bergan va u oʻz salomini al-Boqirni bolaligida koʻrishga muvaffaq boʻlgan sahobasi Jobir ibn Abdulloh orqali yetkazgan[2][4][5]. Yana bir shia rivoyatiga koʻra, al-Boqirning zamondoshi boʻlgan xalifa Hishom uni kamsitib, al-baqara (soʻzma-soʻz „sigir“) deb atagan. Bu ham uning tirikligida shu unvon bilan tanilganini koʻrsatadi. Bu voqea xalifaning al-Boqirning oʻgay ukasi Zayd ibn Ali bilan uchrashuvi chogʻida yuz bergan. Zayd Hishomga tanbeh berib, al-Boqir unvonini Islom paygʻambari tomonidan berilganini aytgan[6].
Oila
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad al-Boqir Ummu Farvaga uylangan va ularning ikki oʻgʻil farzandi boʻlgan. Ulardan biri Jaʼfar boʻlib, u keyinchalik al-Boqirning vorisi boʻlgan. Al-Boqirning yana bir xotini Usayd as-Saqafiyning qizi Ummu Hakim edi. Bu nikohdan ham ikki oʻgʻil dunyoga kelgan, biroq ularning ikkisi ham goʻdakligida vafot etgan. Al-Boqirning kanizagidan tugʻilgan yana uch oʻgʻli boʻlgan. Shia nasabshunosi Alaviy al-Umariyning yozishicha, al-Boqirning nasli faqat Jaʼfar orqali davom etgan[7].
| Muhammad al-Boqir | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eslatmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 4 5 6 7 8 al-Qarashi, Baqir Shareef „3“, . The life of Imam Mohammad al-Baqir. Qum: Ansariyan Publications.
- 1 2 3 4 Kohlberg 2012a.
- ↑ Buckley 2020.
- ↑ Pierce 2016, ss. 97–98.
- ↑ Lalani 2000, ss. 38–40.
- ↑ Lalani 2000, s. 40.
- ↑ Taremi 2014.
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Aksariyat shia ulamolariga ko‘ra, u Hishom ibn Abdulmalik tomonidan zaharlangan, sunniy olimlar esa u tabiiy o‘lim bilan vafot etgan deb hisoblashadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Amir-Moezzi, M.A.. Guide divin dans le Shi'isme originel. Albany: State University of New York, 1994. ISBN 0791421228.
- Fleet, K.; Krämer, G.; Matringe, D. et al., eds (2014). "Ghadīr Khumm". Encyclopaedia of Islam (Third nashri). doi:10.1163/1573-3912_ei3_COM_27419. ISBN 9789004269613. http://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_ei3_COM_27419.
- What is Shi'i Islam: An Introduction. Routledge, 2018. ISBN 9781138093737.
- „Introduction“, The Study of Shi'i Islam: History, Theology, and Law. I.B.Tauris, 2014 — 79–93-bet. ISBN 9781780765068.
- Fleet, K.; Krämer, G.; Matringe, D. et al., eds (2020). "Muḥammad al-Bāqir". Encyclopaedia of Islam (Three nashri). doi:10.1163/1573-3912_ei3_COM_36641. ISBN 9789004413443. https://doi.org/10.1163/1573-3912_ei3_COM_36641.
- Corbin, H.. The History of Islamic Philosophy. Kegan Paul International, 2001. Andoza:ISBN missing
- „Imam Ja'far al-Sadiq and the Elaboration of Shi'ism“, The Shi'i World: Pathways in Tradition and Modernity. I.B. Tauris, 2015 — 56–77-bet. ISBN 9780857729675.
- A History of Shi'i Islam. I.B. Tauris, 2013. ISBN 9780857723338.
- „Shi'i Communities in History“, The Shi'i World: Pathways in Tradition and Modernity. I.B. Tauris, 2015 — 169–209-bet. ISBN 9780857729675.
- The Charismatic Community: Shi'ite Identity in Early Islam. State University of New York Press, 2007. ISBN 9780791470336.
- The Origins of the Shi'a: Identity, Ritual, and Sacred Space in Eighth-Century Kūfa. Cambridge University Press, 2011. ISBN 9781107424951.
- Shi'i Islam: An Introduction. Cambridge University Press, 2014. ISBN 9781107031432.
- "Ja'far al-Ṣādiq". Encyclopedia Britannica. 2024. https://www.britannica.com/biography/Jafar-ibn-Muhammad.
- Hoyland, R.G.. In God's Path: The Arab Conquests and the Creation of an Islamic Empire. Oxford University Press, 2015. ISBN 9780199916368.
- Origins and Early Development of Shi'a Islam. Longman, 1979. ISBN 0582780802.
- Bearman, P.; Bianquis, Th.; Bosworth, C.E. et al., eds (2012a). "Muḥammad b. 'Alī Zayn al-'Ābidīn". Encyclopaedia of Islam (Second nashri). doi:10.1163/1573-3912_islam_SIM_5346. ISBN 9789004161214. http://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_islam_SIM_5346.
- Bearman, P.; Bianquis, Th.; Bosworth, C.E. et al., eds (2012b). "Zayn al-'Ābidīn". Encyclopaedia of Islam (Second nashri). doi:10.1163/1573-3912_islam_SIM_8144. ISBN 9789004161214. http://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_islam_SIM_8144.
- Bearman, P.; Bianquis, Th.; Bosworth, C.E. et al., eds (2012c). "al-Rāfiḍa". Encyclopaedia of Islam (Second nashri). ISBN 9789004161214. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/al-rafida-SIM_6185.
- „Introduction“, The Study of Shi'i Islam: History, Theology and Law. I.B. Tauris, 2014 — 165–179-bet. ISBN 9781780765068.
- Early Shī'ī Thought: The Teachings of Imam Muḥammad al-Bāqir. I.B. Tauris, 2000. ISBN 1850435928.
- Meri, J.W., ed (2005). "Muhammad al-Baqir". Medieval Islamic Civilization: An Encyclopedia (First nashri). Routledge. 523–524 b. ISBN 9780415966900.
- "Abu'l-Jārūd Hamdānī". Encyclopædia Iranica. I/3. 1983. 327–328 b. http://www.iranicaonline.org/articles/abul-jarud-ziad-b.
- Bearman, P.; Bianquis, Th.; Bosworth, C. E. et al., eds (2012). "Zayd b. 'Alī b. al-Ḥusayn". Encyclopaedia of Islam (Second nashri). doi:10.1163/1573-3912_islam_SIM_8137. ISBN 9789004161214. http://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_islam_SIM_8137.
- „Early Imāmī Theology as Reflected in the Kitāb al-kāfi of al-Kulaynī“, The Study of Shi'i Islam: History, Theology, and Law. I.B.Tauris, 2014b — 465–474-bet. ISBN 9781780765068.
- „Introduction“, The Study of Shi'i Islam: History, Theology, and Law. I.B.Tauris, 2014a — 455–463-bet. ISBN 9781780765068.
- Mavani, H.. Religious Authority and Political Thought in Twelver Shi'ism: From Ali to Post-Khomeini. Routledge, 2013. ISBN 9780203694282.
- „Renunciation (Zuhd') in the Early Shi'i Tradition“, The Study of Shi'i Islam: History, Theology, and Law. I.B.Tauris, 2014 — 272–294-bet. ISBN 9781780765068.
- Modarressi, H.. Tradition and Survival: A Bibliographical Survey of Early Shī'ite Literature. Oneworld Academic, 2003. ISBN 9781851683314.
- Momen, M.. An Introduction to Shi'i Islam. Yale University Press, 1985. ISBN 9780300035315.
- "ابو بصیر" (fa). Center for the Great Islamic Encyclopedia. 2020. https://www.cgie.org.ir/Fa/article/226213/%D8%A7%D8%A8%D9%88-%D8%A8%D8%B5%DB%8C%D8%B1.
- Twelve Infallible Men: The Imams and the Making of Shi'ism. Harvard University Press, 2016. ISBN 9780674737075.
- „What Defines a (Pre-Modern) Shi'i Tafsīr? Notes towards the History of the Genre of Tafsīr in Islam, in the Light of the Shi’i Contribution“, The Study of Shi’i Islam: History, Theology, and Law. I. B. Tauris, 2014 — 95–112-bet. ISBN 9781780765068.
- The Heirs of the Prophet: Charisma and Religious Authority in Shi'ite Islam. State University of New York Press, 2006. ISBN 9780791467381.
- Taremi, H. (2014). "Al-Baqir, Muhammad ibn Ali" (Persian). Encyclopaedia of the World of Islam. 1. Encyclopaedia Islamica Foundation. Archived from the original on 2025-02-24. https://web.archive.org/web/20250224085648/https://rch.ac.ir/article/Details/5687.<!--->
- Houtsma, M.Th.; Arnold, T.W.; Basset, R. et al., eds (2012). "K̲h̲ārid̲j̲ij̲tes". Encyclopaedia of Islam (First nashri). doi:10.1163/2214-871X_ei1_COM_0134. ISBN 9789004082656. http://dx.doi.org/10.1163/2214-871X_ei1_COM_0134.
- Fleet, K.; Krämer, G.; Matringe, D. et al., eds (2010). "Baqī' al-Gharqad". Encyclopaedia of Islam (Third nashri). doi:10.1163/1875-9831_isla_SIM_00000066. ISBN 9789004183902. http://dx.doi.org/10.1163/1875-9831_isla_SIM_00000066.