Muhammad Tugʻloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Tugʻloq (? - 1351) - Dehli sultonligi hukmdori (1325—51). Hukmronligining dastlabki yillarida mamlakat hududini kengaytirgan. M.T. Dehli shahrida turib Dekanni boshqarish mumkin emasligini tushunib, shim. poytaxt aholisini Devagiri shahriga koʻchirib, yangi poytaxtni Davlatobod deb atagan. Lekin bu bilan mamlakatdagi separatik harakatni toʻxtata olmagan, Janubiy Hindiston, Dekan, Bengaliya Dehli sultonligidan ajralib chiqqan. M.T.ning iqtisodiy tadbirlari: soliqlarning keskin oshishi (dehqonlar qishloklarni tashlab ketishgan, natijada dalalar ishlovsiz qolgan), davlat xazinasini toʻldirish uchun qiymati past tangalarning joriy qilinishi va boshqa mamlakat xoʻjaligining barbod boʻlishiga olib kelgan. M.T. oʻz davrining oʻqimishli kishilaridan boʻlib, astronomiya, falsafa, matematika va boshqa fanlardan xabardor boʻlgan, fors tilida sheʼrlar yozgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil