Muhammad Solih Nidoiy Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Solih Nidoiy Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir, Soʻfiy

Muhammad Solih Nidoiy Samarqandiy (arabcha: محمد صالح نيدوي سمرقندي — Muhammad Solih Nidoiy Samarqandiy — Toʻliq ismi: Muhammad Solih Nidoiy Samarqandiy (taxminan XV asr)) — shoir va Soʻfiy.

Hayoti va Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoir va olim allomaning tarjimai holiga doir hech qanday maʼlumotga ega emasmiz. Uning soʻfiylikka oid „Hujjatu-l-anzor“ („Nazarlar hujjati“) nomli sheʼriy asari saqlanib qolgan. Bu kitobning XV asrda Alisher Navoiy zamondoshi mashhur xattot Mir Ali Kotib tomonidan Hirotda koʻchirilgan nusxasi OʻzR FA Sharqshunoslik institutida (inv. № 346) saqlanmoqda. Demak, Muhammad Solih Nidoiy XV asrda yoki undan ilgari yashagan va „Qomusu-l-aʼlom“ („Bilimdonlar qomusi“) asarida bu shoir eslatib oʻtilgan[1]. Shuningdek, shoirningDevon Nidoiy Samar­qandiy“ va „Masnaviyi Abdullohxon noma[2] kabi asarlari ham bizga maʼlum.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Hujjatu-l-anzor“,
  • „Devon Nidoiy Samarqandiy“,
  • „Masnaviy Abdullohxon noma“


Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zirikliy. Al-aʼlom. J. 5. — Bayrut: Doru-l-ilm li-l-malayin, 2002. — B. 63.
  2. Shayx Ogʻa Buzruk Tehroniy. J. 9. Az-zariʼa ilo tasonifi-sh-shiʼa. Doru-l-azvo, 1983. — B. 35, 1179.