Muhammad Salah

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
  • To'liq ismi:Muhammad Salah Hamid Gali
  • Tug'ilgan yili:1992-yil 15-iyun, Besyun (Misr)
  • Bo'yi:175 sm
  • Vazni:69 kg
  • Ampulasi:hujumkor yarimhimoyachi.

Klublardagi faoliyi

Yoshlar jamoalari

  • 2002-2010- Mokavlun (Misr)

Professional faoliyati

  • 2010-2012. Mokavlun 41 ta o'yin 11 ta gol.
  • 2012-2014. Bazel 47 (9)
  • 2014-2015. Chelsi 13 (2)
  • 2015. Fiorentina (ijara) 16 (6)
  • 2015-... Roma 65 (29)

Terma jamoadagi faoliyati.

  • 2010-2011. Misr U20 11 (3)
  • 2011-2012. Misr U23 11 (4)
  • 2011-... Misr 49 (25)

Salah misrning "Mokavlun" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010-yil 3-iyun sanasida Misr chepmionatida "El Mansuri" jamoasiga qarshi o'yinda professional futboldagi debyutini amalga oshiradi. 2010-yilning o'ziga "Al Ahli" klubi qarshi o'yida dastlabki golini kiritadi.

Bazel[tahrir]

2012-yildan boshlab Salah "Bazel futbolchisiga aylanadi. Shvetsariya klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzolaydi. Yangi jamoasidagi debyut o'yinidayoq gol kiritib ko'pchilikning e'tiboriga tushadi. 2012-yil 12-avgust kuni Shvetsariya chempionatida debyut qiladi jamoasining 3:1 hisobiga g'alabasiga 3 ta golli uzatma bilan munosib hissa qo'sadi.

Chelsi[tahrir]

Bazel tarkibidagi ishonchli o'yinalaridan so'ng ko'plab grand jamoalarning qiziqishiga sabab bo'ladi va yakunda "Chelsi" safiga borib qo'shiladi. U yangi jamoasida 15-raqamga ega bo'ladi, 2014-yil 22-mart sanasida Premyer Ligadagi 1-golini "Arsenal" darvozasiga kiritadi.Fiorentina 2015-yil qishgi transfer mavsumining so'ngi kunida ijara asosida "Fiorentina" safiga o'tadi, Salah "Fiorentina"dan "Chelsi" o'tgan Xuan Kuadrado transferining bir qismi edi. Salah yarim mavsum davomida "Fiorentina"da o'yini ochilgandan ochilib super o'yin ko'rsatishni boshlaydi va 16 ta o'yinda hisobiga 6 ta gol va 11 ta golli uzatma yozib qo'yadi.

Roma[tahrir]

2015-yil 6-avgust sanasida ijara asosida "Roma" klubi a'zosiga aylanadi, keyinchalik rimliklar Salahni to'liq sotib olishadi. 20-sentyabr sanasida "Roma" safidagi ilk golini "Sassuolo" darvozasiga kiritadi, 6-noyabrda esa "Bolonya" darvozasiga 3 ta gol urib faoliyatidagi ilk xet-trikni qayd etadi.

Muhammad Salah 2017-yil yozida 42 mln € evaziga Liverpool klubiga o'tdi. Hozircha Salah barcha musobaqalarda Liverpool uchun 36ta gol urdi.[1]

Hozirda Saloh Liverpul futbolchisi Dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri

  1. http://www.transfermarkt.com/en/mohamed-salah/profil/spieler_148455.html