Muhammad Muso Turkistoniy Gʻoyib Nazar oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad muso turkistoniy Gʻoyib Nazar oʻgʻli (1904, Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani — 1991, Madina) — tarixchi olim va maʼrifatparvar. Ulamo oilasida tugʻilgan. 2 yoshligida ota-onasi bilan Andijonga koʻchib kelgan. Arab, fors va rus tillarini puxta oʻrgangan. "Ittihodi islom" jamiyati aʼzosi (1919). Ota-onasi bilan birga Qashqarga muhojirlikka joʻnab ketishga majbur boʻlgan (1926). Haj safariga borib, Saudiya Arabistonida yashagan va savdotijorat bilan shugʻullangan (1929-31). 1931 yilda Qashqarga qaytib, uygʻur xalqining Xitoyga qarshi milliy ozodlik harakatiga faol katnashgan. Tazyiq kuchaygach, Qashqardan ketib Kobul (1934— 37), Makka va Madinada yashagan. Arab matbuotida tarixiy, adabiy va siyosiy maqolalar bilan qatnashgan. M.M.T. "Kommunizmning chehrasi" (1966), "Ulugʻ Turkiston fojiasi" (1979, 1jild), "Aqoyid", "Besh masala", "Zamzam va tarixi" va boshqa asarlar yozgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil