Muhammad Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Mirzo
Temuriy shahzoda

Mironshohning oʻgʻli Sulton Muhammad
Farzandlari Sulton Abu Said Mirzo
Manuchihr Mirza
Uy Temur uyi
Otasi Mironshoh
Onasi Mihr Nush
Dini Islom

Sulton Muhammad Mirzo Temuriy shahzoda hamda Oʻrta Osiyo hukmdori Temurning uchinchi oʻgʻli Mironshohdan nevarasi boʻlgan. Garchi oʻgʻli Sulton Abu Said Mirzo orqali Hindistonda Moʻgʻul Imperiyasining asoschisi Boburning katta bobosi boʻlishiga qaramasdan, uning hayoti haqida koʻp maʼlumot mavjud emas.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

nothumb
Movarounnahr
1370 - 1405 Amir Temur
1405 - 1447 Shohruh Mirzo
1447 - 1449 Mirzo Ulug'bek
1449 - 1450 Mirzo Abdullatif
1451 - 1469 Abu Said
1469 - 1494 Sulton Ahmad
1494 - 1495 Sulton Mahmud
1495 - 1497 Boysungʻur Mirzo
1498 - 1500 Sulton Ali Mirzo
1500 - 1512 Zahiriddin Muhammad Bobur

Muhammad Mirzo Mironshohning oltinchi oʻgʻli, otasi esa Timurning uchunchi oʻgʻli boʻlgan. Uning avlodi Akbarning Bosh Viziri Abul Fazlning aytishicha, Muhammad Mirzoning onasi Fulad Qiya qabilasidan chiqgan Mehr Nush boʻlgan.[1] Sharqshunos Henri Beverij bayon qilishicha, ushbu qabiladan bexabar holda, Muhammad Mirzo har doim akasi Khalil Sulton bilan birga yashagan degan taʼriflanilgan dalil shuni koʻrsatadiki, ikkalasi ham bir ota-onadan boʻlgan aka-uka boʻlganlari ehtimoli bor.[2] Bu bilan Mehr Nush Halil Sulton onasi Xonzoda Begumning ikkinchi nomi boʻlganligi nazarda tutiladi va u Xorazmdagi Qoʻngʻirot sulolasining qizi va Oltin Oʻrda Xoni Joni Begning nevarasi boʻlgan.[3]

Muhammad Mirzo qachondir tayinlangan Samarqand hukmdori ham boʻlgan va Suhrob Qurdning qizi Shoh Islomga uylangan. U Hakkârining hukmdori va Timurning sobiq dushmani Izz al-din Shirning qarindoshi edi. Bu turmushdan uning ikki oʻgʻli boʻlgan: Manuchehr Mirzo (1468) va Abu Said Mirzo.[4][5][6] By this marriage he had two sons: Manuchihr Mirza (d. 1468) and Abu Sa'id Mirza.[5]

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Mirzoning vafot etgan sanasi qayd etilmagan.[7] Zafarnomada 807 Hijriy (1404—1405) yillarda yashab oʻtgan Temurning 36 ta oʻgʻillari va nevaralarining ismlari orasidan uni nomi qayd etilmagan. Clavijoning 1404-yilda Temur qalʼasidagi tashrifi paytida ham u haqida qayd etilmagan. Shu va shu kabi dalillar Henry Beveridgeni Muhammad Mirzo ungacha otasi va bobosi oʻlimidan soʻng allaqachon vafot etgan degan nazariyaga olib keldi. Biroq, 1410-yil amakisi Shohrux Mirzo hukmdorligi davrida u Xalil Sulton bilan yashaganligiga qarshi dalil boʻlati.

Falokatli kasalligida Muhammad Mirzo oldiga yaqin aloqada boʻlgan jiyani Ulugʻbeg tashrif buyuradi. Oʻlim bilan kurashayotgan shahzoda Ulugʻbekka oʻgʻli Abu Said Mirzoning otaliqini ishonib topshiradi, keyinchalik uni himoyasida oʻsadi.[2]

Bolalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abu-l Fazal (1907, s. 215)
  2. 2,0 2,1 Abu-l Fazal (1907, ss. 215–16)
  3. Woods, John E. (1990). "Timur's Genealogy". Intellectual studies on Islam: essays written in honor of Martin B. Dickson (University of Utah Press): 112. ISBN 978-0-87480-342-6. https://books.google.com/books?id=yxmCAAAAIAAJ. 
  4. Asiatic Society of Bengal. Proceedings of the Asiatic Society of Bengal: 1869. Calcutta: C.B. Lewis, Baptist Mission Press, 1869 — 210 bet. 
  5. 5,0 5,1 Woods, John E.. The Timurid dynasty. Indiana University, Research Institute for Inner Asian Studies, 1990 — 35 bet. 
  6. Houtsma, M. Th.. E. J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. E.J. Brill, 1993 — 1145 bet. [[Maxsus:BookSources/90-04-09790-2|ISBN 90-04-09790-2]]. 
  7. Holden, Edward Singleton. The Mogul Emperors of Hindustan: 1398-1707. C. Scribner's sons, 1895 — 364 bet.