Muhammad Ibrohimovich Niyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad Ibrohimovich Niyozov (1908, Chimkent — 1980, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), professor (1964). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgach (1934), shu universitetda dekan va prorektor (1934—40), Oʻzbekiston Maorif vaziri oʻrinbosari (1940— 46), Toshkent politexnika instituti rek-tori (1947—63), kimyo texnologiyam ja-rayonlari va qurilmalari kafedrasi mudiri (1953—80). Shu kafedra qoshida polimerlar muammolari laboratoriyani tashkil kilgan. Asosiy ilmiy ishlari adsorbsiya, distillash, ekstraksiya, kuritish va boshqa jarayonlarni intensivlash masalalariga oid.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil