Muhammad I ibn al-Agʻlab
| Muhammad I ibn al-Agʻlab | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Ifriqiya amiri (841–856) | |||||
| Oʻtmishdoshi | Abu Iqol al-Agʻlab ibn Ibrohim | ||||
| Davomchisi | Abu Ibrohim Ahmad ibn Muhammad | ||||
| |||||
| Uy | Agʻlabiylar | ||||
Abu al-Abbos Muhammad I ibn al-Agʻlab (arabcha: أبو العباس محمد الأول بن الأغلب) (856-yilda vafot etgan) – Agʻlabiylar sulolasining beshinchi amiri, 841-yildan to vafotiga qadar Ifriqiya, Malta va Sitsiliyaning katta qismini boshqargan. Shuningdek, arablarning Rimga yurishiga ham boshchilik qilgan.
Muhammad I sulolaning toʻrtinchi amiri Abu Iqolning (838—841) oʻgʻli edi. U Ifriqiyaning mashhur hukmdori boʻlgan amakisi Ziyodat Alloh I va raqibi Asad ibn al-Furot kabi yirik sarkarda va iqtisodiy strateg sifatida tanilgan. Uning hukmronligi davrida Agʻlabiylar hududi Oʻrta yer dengiziga qadar kengayishda davom etdi. Messina, Taranto, Apuliyaning katta qismlarini egallab oldi va amir Kalfünning islomiy Bari shahriga asos solishini qoʻllab-quvvatladi.
Muhammad I tomonidan uyushtirilgan arablarning Rimga yurishi alohida eʼtiborga loyiq boʻlib, bu yurish tarixda musulmonlar tomonidan „Caput Mundi“ („Dunyo markazi“ – Rim) va katolik cherkovining markaziy boshqaruviga qilingan ilk bosqindir[manba kerak][ iqtibos kerak ]. 846-yilda Abu al-Abbos oʻzining yirik qoʻshini bilan Porto va Ostiaga keldi. Tibr hududidan oʻtib, Ostiense va Portuense hududlarida raqib kuchlariga zarba berishda davom etdi, Rim harbiylari esa oʻsha zahotiyoq shaharning mustahkam devorlari ichiga chekinib olishdi. Shu bilan bir vaqtda, uning boshqa qoʻshinlari Tirren dengizi boʻyidagi Civitavecchia portiga tushishdi. Abu al-Abbos Vatikan tepaligini talon-taroj qildi, biroq Rim shahrini himoya qiluvchi Aurelian devorlarini yorib oʻta olmadi. Shunga qaramay, uning qoʻshinlari dunyodagi eng katta cherkov Avliyo Pyotr sobori hamda Devor tashqarisidagi Avliyo Paul Bazilikasini talon-taroj qilishga muvaffaq boʻldi[1].
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad I 856-yilda Palermoda vafot etgan. Vafotidan keyin uning oʻrniga oʻgʻli Abu Ibrohim Ahmad ibn Muhammad (856—863) oʻtirgan. Abu Ibrohimning hukmronligi davrida Agʻlabiylar saltanati oʻzining yuksak choʻqqisiga chiqqan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Italian Peninsula, 500–1000 AD Webarxiv andozasida xato:
|url=qiymatini tekshiring. Boʻsh.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gibb, H. A. R., ed (1960). "Ag̲h̲labids or Banu ’l-Ag̲h̲lab". Encyclopaedia of Islam. Volume I: A–B (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 247–250 b. doi:10.1163/1573-3912_islam_COM_0024. OCLC 495469456. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=Ag%CC%B2h%CC%B2labids+or+Banu+%E2%80%99l-Ag%CC%B2h%CC%B2lab&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.