Muhammad Gabdulgalimovich Davletshin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad Gabdulgalimovich Davletshin (1923.11.11, Orenburg shahri) — psixolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), psixologiya fanlari doktori (1972), professor (1972). Nizomiy nomidagi.Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1952). 1956 yildan shu institutda katta oʻqituvchi, keyinchalik dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1957—68), psixologiya kafedrasining mudiri (1968—2001), kafedra professor (2001 yildan).. Ilmiy ishlari umumiy, pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya muammolariga bagʻishlangan. "Shuhrat" medali bilan takdirlangan (1994).

Manbalar[tahrir]

  • Ijtimoiy psixologiya muammolari va ularni odamlar bilan ishlashda qoʻllash, T., 1990; Qadimgi Sharq davlatlarida psixologik fikrlarning rivojlanishi, T., 1995.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil