Muzaffar Muhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muhamedov Muzaffardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Muzaffar Muhamedov (1902.1.1 -Toshkent — 1995.18.11) — aktyor, rejissyor, teatr tashkilotchilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1937), Oʻzbekiston xalq artista (1959). Moskva oʻzbek drama studiyasini tugatgan (1927). Ijodiy faoliyatini Hamza rahbarligidagi "Turk kuchi" truppasida aktyorlikdan boshlagan (1918). 1919-24 yillar Oʻzbek davlat namuna drama truppasida aktyor. Andijon teatrida bosh rejissyor (1928—30), Oʻzbek davlat musiqali teatrida (1930—39), Navoiy teatrida (1939—43 va 1950 yildan) rejissyor, Mukimiy teatrida bosh rejissyor (1943—50). Mahmudxon ("Zaharli hayot"), Muslim ("Halima"), Ulma s Botir ("Yorkinoy"), Mirzaboshi ("Arslon") va boshqa uning sahnada yaratgan eng yaxshi rollaridir. Muhamedov rejissyorlik faoliyatining dastlabki davrlarida V. Meyerxold yoʻlidan bordi, keyinchalik Muhamedov rejissurasi oʻziga xos rivoj topdi. U musiqali teatr rejissyori sifatida shakllandi va bu sohada oʻziga xos rejissyorlik maktabini yaratdi. "Halima" (F. Zafariy), "Gulsara" (K. Yashin, M. Muhamedov; T. Jalilov), "Layli va Majnun" (Xurshid; R. Glier, T. Sodiqov), "Davron ota" (K. Yashin, S. Abdulla, Chustiy; T. Sodiqov, A. Kozlovskiy), "Tohir va Zuhra", "Alpomish" (S. Abdulla; T. Jalilov), "KIMga" (Roslavets, T. Jalilov), "Gʻunchalar" (Z. Fatxullin; T. Jalilov), "Oftobxon" (K. Yashin; T. Jalilov) kabi spektakllarni saxnalashtirdi. "Ichkarida" pyesasini, "Gulsara", "Dilorom", S. Abdulla bilan "Maysaraning ishi" operalarining librettosini yozgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil