Kontent qismiga oʻtish

Muhabbat Sharapova

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Muhabbat va familiyasi Sharapova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Muhabbat Sharapova
Tavalludi XX
Fuqaroligi Oʻzbekiston va SSSR

Muhabbat Sharapova (1949-yilning 24-yanvarida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tugʻilgan) — matematika fani oʻqituvchisi.

1971-yili Samarqand davlat universitetini tugatib, oʻzi tahsil olgan Shahrisabz shahridagi 5-maktabda oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan. 2000-yildan boshlab Qarshi 2-ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatida pedagogik faoliyatini davom ettirgan. Muhabbat Sharapova pedagogik faoliyatining qariyb yarim asri davomida faqatgina matematika fanidan dars beradigan shogirdlarining oʻzi 120 nafardan oshgan. Ular orasida 4 nafar fan doktori, oʻnlab fan nomzodlari boʻlgan shogirdlari bor. Uning oʻquvchilari 22 maratoba respublika fan olimpiadalarida, 7 marta xalqaro fan olimpiadalarda va 2 marta „Bilimlar bellashuvi“ respublika bosqichida ishtirok etishgan.[1]

1991-yili „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi

1996-yili „Mehnat shuhrati“ ordeni

2007-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“

2016-yili „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan mukofotlangan.[2]

  1. „Muhabbat Sharapova Arapovna“. archive.uz. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.
  2. „Muhabbat Sharapova“. oyina.uz. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.