Muboshir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muboshir (arab. — ish yurituvchi) — biror ishga boshchilik qiluvchi, boshqaruvchi, boshliq. 1) Somoniylar va saljuqiylar davrida amir va sultonlarning ishonchli kishisi; 2) Usmonli turk imperiyasida markaziy davlat idorasidan viloyatlarga har xil topshiriklar bilan yuboriladigan vakil; 3) 17—18-asrlarda Buxoro xonligida markaziy davlat idorasining moliya devonidagi amaldor; 4) Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida markaziy davlat idoralarida har xil topshiriklarni bajaruvchi, baʼzan devonda ish boshqaruvchi kichik amaldor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil