Kontent qismiga oʻtish

Muborak Tursunxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muborak Tursunxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1903-yil
Toshkent
Vafoti 1947-yil
Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek

Muborak Tursunxoʻjayev (1903-yilda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik jamoat xodimi.

Hayoti va mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muborak Tursunxoʻjayev 1903-yilda Toshkent shahrida Tursunxoʻja qozi oilasida dunyoga kelgan. Dastlabki taʼlim-tarbiyani uyida olgan. Keyinchalik rus-tuzem maktabida tahsil olgan. 1917-yilgacha ota-onasi qaramogʻida yashagan.

1918-yilda yoshlar ittifoqiga aʼzo boʻlgan. 1925-yildan boshlab Toshkent eski shahar yoshlar ittifoqi kotibi vazifasida ishlagan[1]. 1920-yildan to 1926-yilgacha Sherobod shahar tashviqot va targʻibot boʻlimi mudiri, 1926—1928-yillar mobaynida esa Qirgʻiziston MIQ qoshidagi mayda millatlar ijrochi vakili, shuningdek 1928—1930-yillarda Turkmaniston MIQ qoshidagi mayda millatlar ijrochi vakili vazifalarida faoliyat yuritib kelgan.

1930- va 1932-yillar oraligʻida Oʻrta Osiyo paxta qurilish tresti boshqaruvchisi oʻrinbosari hamda 1932—1934-yillar davomida sobiq SSSR ogʻir sanoat komissarligi 9-davlat qurilishi tresti boshqaruvchisi oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritgan. 1934-yildan Oʻrta Osiyo inshoot instituti taʼminot boshligʻi boʻlib ishlab kelgan. Bundan tashqari, Stalinobod uy-joy qurilish tresti boshqarmasi va Xalq Komissarligi oʻrinbosari vazifasida ham xizmat koʻrsatgan. Keyinchalik Oʻrta Osiyo ipakpaxta qurilish tresti boshqaruv direktori oʻrinbosari vazifasida ham faoliyat yuritgan[2].

Muborak Tursunxoʻjayev 1937-yil 19-aprelda asossiz ayblov bilan qamoqqa olingan. 1937-yil noyabr oyida NKVD qarori bilan oʻn yilga mehnat tuzatish lageriga hukm qilingan. Surgunni Volgolagda oʻtagan. 1947-yilda ozodlikka chiqqach, oradan koʻp oʻtmay vafot etgan.

  1. „Муборак Турсунху́жаев“. uzbekbibliography.library.illinois.edu. Qaraldi: 29-avgust 2024-yil.
  2. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.