Muazzamxon Mirsaid qizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muazzamxon Mirsaid qizi (19-asrning 2-yarmi, Xoʻjand — 1917, Jizzax) — shoira. M. oʻzbek va fors mumtoz adabiyoti namoyandalarining ijodi bilan chuqur tanishgan, aruz vaznini mukammal oʻzlashtirgan va har ikkala tilda ham ijod qilgan. M.ning 1000 misradan ortiqroq devon tartibida tuzilgan gazallari va singlisi Muattarxon bayoziga kirgan sheʼrlari mavjud. Uning gʻazallari uslubning ravonligi, fikrning ravshanligi, ifodaning anikligi bilan ajralib turadi. Sheʼrlarida davr, falakdan norozilik sadolari aks etgan ("Falakning javridindur koʻnglima ozor har soat..."). Ammo M. "koʻzidan xunoba oqib, hijron har tarafdan qilich tortib" kela-yotgan damlarda ham "matonatli" boʻlishga, "sabrtahammul" bilan yashashga daʼ-vat qilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil