Muammoli ocherk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muammoli ocherk – ocherk janrining yana bir turi bo’lib, unda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan biron-bir muommo yoritiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rus publisistikasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rus publisistikasida XX asrning 40-yillarida muammoli ocherklar ayniqsa rivojlangan bo’lib, bunda “Новый мир” (“Yangi dunyo”) jurnalining ahamiyati kattadir. V. Ovechkin, B. Galkin, Yu. Jukov, M. Sturua, A. Agranovskiy, B. Agranovskiy, A. Kalinin, G. Radov, I. Vinichenko kabi publisistlarning ijodiy ishlari shu davr rus publisistikasida muammoli ocherklar ommalashganining dalilidir. Ayniqsa, Valentin Ovechkinning “Bir rayonda”, “Rayonning ish kuni”  kabi ocherklari eng mashhur muommoli ocherklardandir. Bu ocherklarda rayon rahbarining nomaqbul qarorlari, bu qarorlarning muommolarga sabab bo’layotganligi to’g’risida, rahbar kadrlar masalasining naqadar muhimligi to’g’risida so’z boradi.

O'zbek matbuotida[tahrir | manbasini tahrirlash]

O’zbek matbuotida ham muommoli ocherklar aynan shu davrda rivoj topa boshladi. Muommoli ocherklar jamiyatdagi muammolarning yechimini topishda muhim rol o’ynashini tushunib, rahbar kadrlar masalasi O’zbekistonda ham dolzarbligini anglagan holda Asqad Muxtor Valentin Ovechkinning  “Rayonning ish kunlari”  ocherkini 1948-yilning o’zidayoq o’zbek tiliga o’giradi. Keyinchalik Samar Nurov, Ibrohim Rahim, Nazir Safarov, Mirzakalon Ismoiliy, E’tibor Ohunova kabi o’zbek ijodkorlari o’zlarining mualliflik ocherklarini muammoli ocherk janrida yarata boshladi. Masalan, Ibrohim Rahimning “Mexanizatorlarning o’ylari” ocherki  oddiy mexanizator Ikromjonning kolxozdagi muammolarni ko’ra olganligi va ularga o’zining yechimini taklif qilishi haqida hikoya qiladi.

Qayta qurish davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayta qurish” yillarida esa Shokirali Nuraliyevning muammoli ocherklari ayniqsa shuhrat qozondi. U o’z ocherklarida jamiyatda mavjud muammolarni ko’taradi. Hususan, “Yetaklovchi emas, yetaklanuvchi...” sarlavhasi ostida yaratilgan ocherkida V. Ovechkin kabi rahbar kadrlar masalasidagi muammolarni olib chiqadi. Bu ocherk qahramoni ilg’or kalxoz rahbarligidan rayon rahbarligiga ko’tariladi va u yerda barcha shastini yo’qotib boshqalar nima desa shuni bajaradigan yetaklanuvchiga aylanib qoladi. Sh. Nuraliyev yuqoridagi voqeani publisistik tadqiqot usuli yordamida ochib beradi va rahbar xodimlarni jasoratli bo’lishga chaqirdi.

Mustaqillik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqillikdan keyin esa muammoli ocherklarda ham to’xtash kuzatildi. Buning sababi shu ediki, sho’ro tuzumi davrida jamiyatdagi muammolar parda ostiga olinib, vositalar orqali berkitilib yoritilar edi. Endilikda esa bu muammolarni yashirmasdan ochiqligicha maqola tarzida yozish ommalashdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Bosma OAVlarida janrlar va maxorat masalalari" Toshkent 2019

https://filfucker.ru/glavi/ocherki-v-ovechkina-rayonnie-budni/pdf

Shokirali Nuraliyev "Siz nima deysiz?" Toshkent 1987