Mualliflik huquqining buzilishi

Mualliflik huquqining buzilishi (baʼzan qaroqchilik deb ham yuritiladi) — mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan foydalanish uchun ruxsat talab qilinadigan hollarda, bunday ruxsatni olmasdan foydalanish. Bu holat mualliflik huquqi egasiga berilgan muayyan mutlaq (eksklyuziv) huquqlarni, masalan, himoyalangan asarni koʻpaytirish, tarqatish, namoyish etish yoki ijro etish, yoxud hosila asarlar yaratish huquqini buzadi. Mualliflik huquqi egasi odatda asar ijodkori, yoki mualliflik huquqi oʻtkazilgan nashriyot yoxud boshqa tijorat korxonasi hisoblanadi. Mualliflik huquqi egalari mualliflik huquqi buzilishining oldini olish va huquqbuzarlarni jazolash uchun muntazam ravishda huquqiy va texnologik choralarni qoʻllaydilar.
Mualliflik huquqi buzilishi bilan bogʻliq nizolar odatda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar, ogohlantirish va oʻchirish jarayoni yoki fuqarolik sudidagi sud muhokamasi orqali hal qilinadi. Kommersiya maqsadlaridagi oʻta qoʻpol yoki yirik hajmdagi huquqbuzarliklar, ayniqsa, u kontrafakt mahsulotlar tayyorlashni yoki mahsulot yoxud brenddan firgarlik yoʻli bilan nusxa koʻchirishni nazarda tutsa, baʼzan jinoiy sudlov tizimi orqali jinoiy javobgarlikka tortiladi[1].
Mualliflik huquqi buzilishining amaldagi iqtisodiy taʼsiriga berilgan baholar nihoyatda xilma-xildir va boshqa omillarga bogʻliq. Shunga qaramay, mualliflik huquqi egalari, soha vakillari va qonunchilar mualliflik huquqining buzilishini uzoq vaqtdan beri qaroqchilik yoki oʻgʻrilik deb tavsiflab kelishadi. Hozirgi vaqtda AQShning ayrim sudlari bunday soʻzlarni kamsituvchi yoki boshqacha tarzda bahsli deb hisoblaydi[2][3][4].
Sabablar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mualliflik huquqini buzishga undovchi baʼzi sabablar quyidagilardan iborat[5]:
- Narx siyosati — qonuniy sotuvchilar tomonidan soʻralgan narxni toʻlashni xohlamaslik yoki toʻlov qobiliyati boʻlmasligi.
- Sinovdan oʻtkazish va baholash — sifatsiz chiqishi mumkin boʻlgan mahsulot uchun pul toʻlashdan oldin uni sinab koʻrish istagi.
- Mavjud emaslik — yakuniy isteʼmolchining tilida yoki mamlakatida mahsulotni taqdim etuvchi qonuniy sotuvchilarning yoʻqligi: mahsulotning oʻsha hududda hali sotuvga chiqmagani, sotuvdan allaqachon qaytarib olingani, u yerda hech qachon sotilmasligi, shuningdek, onlayn tarqatish va xalqaro yetkazib berishdagi geografik cheklovlar.
- Foydalilik darajasi — qonuniy mahsulot qonuniy foydalanishni cheklovchi turli vositalar (DRM, hududiy cheklov, DVD hudud kodi, Blu-ray hudud kodi) bilan taqdim etilishi (zaxira nusxalarini yaratish, boshqa ishlab chiqaruvchilarning qurilmalarida foydalanish, oflayn rejimda ishlatish cheklovlari) yoki tarkibida oʻtkazib yuborib boʻlmaydigan reklamalar hamda qaroqchilikka qarshi ogohlantirishlar boʻlishi. Noqonuniy mahsulotda esa bular olib tashlanadi va bu holat uni yakuniy isteʼmolchi uchun jozibadorroq qiladi.
- Xarid qilish qulayligi — qonuniy sotuvchilar tomonidan mahsulotning onlayn tarqatish orqali kerakli sifatda va zarur darajada qulay boʻlgan xarid tizimi orqali taqdim etilmasligi.
- Anonimlik — asarlarni yuklab olish shaxsni aniqlashni talab qilmaydi, vaholanki mualliflik huquqi egasining veb-saytidan toʻgʻridan-toʻgʻri yuklab olish koʻpincha amaldagi elektron pochta manzili va/yoki boshqa shaxsiy maʼlumotlarni kiritishni talab qiladi.
- Axborot erkinligi — baʼzi odamlar mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonunchilikka qarshi boʻlganliklari yoki muayyan axborotlar erkin foydalanishda boʻlishi kerak degan ishonchlari sababli mualliflik huquqini buzishga qoʻl uradilar[6][7].
- Norozilik/Boykot qilish — odamlar muayyan kompaniyalarga qarshi norozilik bildirish vositasi sifatida mualliflik huquqlarini buzishlari mumkin. Inson kompaniyaning biznes yuritish uslubiga yoki ochkoʻzligiga oʻz noroziligini bildirish uchun, unga pul tushishini istamay, mahsulotni qaroqchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritishi mumkin; bu holat ayniqsa asar unga kerak boʻlgan, lekin u oʻsha kompaniyani qoʻllab-quvvatlashni istamagan vaziyatlarda kuzatiladi[8].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „What is Counterfeiting“. International AntiCounterfeiting Coalition. Qaraldi: 2025-yil 11-mart.
- ↑ Dowling v. United States (1985), 473 U.S. 207, pp. 217–218.
- ↑ „MPAA Banned From Using Piracy and Theft Terms in Hotfile Trial“ (2013-yil 29-noyabr). 2013-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-noyabr.
- ↑ „MPAA Banned from Using Piracy and Theft Terms in Hotfile Trial“. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-noyabr.
- ↑ „Interview: Gabe Newell“. Tcs.cam.ac.uk (2011-yil 24-noyabr). 2011-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-yanvar.
- ↑ Wagner, R. Polk (2003-01-01). "Information Wants to Be Free: Intellectual Property and the Mythologies of Control". Columbia Law Review 103 (4): 995–1034. doi:10.2307/1123783. https://scholarship.law.upenn.edu/faculty_scholarship/742.
- ↑ Maddi, Abdelghani; Sapinho, David (2023-08-30), „On the culture of open access: The Sci-hub paradox“, Scientometrics, 128 (10): 5647–5658, arXiv:2309.12349, doi:10.1007/s11192-023-04792-5
- ↑ Ladyzhinskaya, Alina (2021). "Protest Art and Copyright Law: Weaponizing Intellectual Property Protest Art and Copyright Law: Weaponizing Intellectual Property against Systemic Inequality and Social Injustice". 3 37. https://digitalcommons.tourolaw.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=3343&context=lawreview#:~:text=ABSTRACT,recognizes%20moral%20rights%20of%20attribution.
Qoʻshimcha oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hamerman, Sarah. „Pirate Libraries and the Fight for Open Information“. The Media (2015-yil 11-sentyabr).
- Deka, Maitrayee (2017). "Calculation in the pirate bazaars". Journal of Cultural Economy 10 (5): 450–461. doi:10.1080/17530350.2017.1352009. http://repository.essex.ac.uk/23285/1/Calculation_in_the_pirate_bazaars.pdf.
- Horten, Monica. The Copyright Enforcement Enigma – Internet Politics and the Telecoms Package. Palgrave Macmillan, 2012. ISBN 978-0-230-32171-7.
- Johns, Adrian. Piracy. The Intellectual Property Wars from Gutenberg to Gates. The University of Chicago Press, 2009. ISBN 978-0-226-40118-8.
- Media Piracy in Emerging Economies. Social Science Research Council, 2011. ISBN 978-0-9841257-4-6.
- Rosen, Ronald. Music and Copyright. Oxford Oxfordshire: Oxford University Press, 2008. ISBN 978-0-19-533836-2.
- Abbott; Madigan; Mossoff; Osenga; Rosen „Holding States Accountable for Copyright Piracy“. Regulatory Transparency Project. Qaraldi: 2021-yil 15-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Copyright infringement“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.