Mualliflik tabogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mualliflik Tabogʻidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Mualliflik tabogʻi — muallif tomonidan takdim qilingan adabiy, badiiy, siyosiy, tarixiy, sheʼriy va boshqa tur asar, grafik material hajmining oʻlchov birligi. Oʻzbekistonda 1 Mualliflik tabogʻi matni 40 ming bosma belgiga yoki 700 sheʼriy satrga, yo boʻlmasa, 3 ming kv. sm bosma grafik material (rasmlar, jadvallar, haritalar) ga teng , deb qabul qilingan. Muallifga qalam haqi (gonorar) toʻlashda Mualliflik tabogʻi asos boʻlib xizmat qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil