Muallaqchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muallaqchilik - sirk sanʼati janrlaridan biri. Oʻzbek sirkining (akrobatika mashqlaridan iborat boʻlgan) anʼanaviy turlaridan, tana harakatlari bilan chiroyli shakllar yasash sanʼati. M. sanʼatiga oid ilk maʼlumotlarni oʻrta asrlarda yaratilgan adabiy manbalarda uchratish mumkin. Mu-allaqchilar odatda bozor maydonlarida, karvonsaroylarda, choyxonalarda 2—3 kishi boʻlib tomosha koʻrsatganlar. Ular orqa va yon bilan kamalak shaklida sakrash, ikki qoʻlda, bir qoʻlda, boshda muallaq turishdan boshlab murakkab oʻyinlarga oʻtishgan. Mas, yengilroq, chaqqonroq muallaqchi sherigining turtkisi bilan havoda 2—3 marta umbaloq oshgan, aylanib u yelkadan bu yelkaga qoʻngan, sheriklarining oyogʻi, qoʻli, boshi, yelkasida muallaq turgan, 3-oʻyinchi bir-biriga payvand boʻlib gʻildiragan. M. mashkdari katta dorda, simdorda, chigʻirikda, chopayotgan ot yoki tuya ustida ijro etiladi. Milliy sirk sanʼatida "besuyak" M. janri keng tarqalgan. Oʻzbekistonning jan. hududlarida, xususan Buxoro va Xorazmda mu-allaqchilar "zangboz" deb atalgan. Ular oyoqlariga kichkina qoʻngʻiroqcha — "zang"larni bogʻlab, M. mashklarini ijro etishgan, pichoq bilan raqsga tushishgan, ogʻzidan olov uchqunlarini purkashgan.

Muallaqchilik. Tohir va Murod Toshkanboyevlar hamda Almira Sagnayevalar chiqishi.

20-asrda M. sanʼatining rivojlanishiga 3. Parpiyev, N. Nurmatov, K. Gʻulomov, M. Xoʻjayev, K. Zaripovlar katta hissa koʻshishgan. Hozirgi kunda M. oʻyinlari ham professional, ham anʼanaviy sirkda ijro etiladi.

Poʻlat Toshkanboyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil