Muʼoz ibn Muslim
| Muʼoz ibn Muslim معاذ بن مسلم | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Vafoti |
786-yildan keyin Abbosiylar xalifaligi |
| Oʻlim sababi | kasallik |
| Bolalari |
Husayn ibn Muʼoz, Yahyo ibn Muʼoz ibn Muslim |
| Otasi | Muslim ibn Muʼoz |
Mu’oz ibn Muslim ibn Muoz (arabcha: معاذ بن مسلم بن معاذ) – Abbosiylar xalifaligining qoʻmondoni va noibi.
Mu’oz fors millatiga mansub boʻlib, Xuttal yoki Ray shahridan edi. Islom dinini qabul qilgan. Mu’oz Banu Zuhl qabilasining mavlosi (ozod qilingan musulmon) boʻlgan. 737/738-yillarda Abbosiylar inqilobida ishtirok etgan va Abu Muslimning tarafdori boʻlgan. 766-yilda Marviruddagi qoʻshin tarkibida boʻlganida isyonchi Muqanna tomonidan magʻlub etilgan. 778–780-yillarda Xuroson noibi lavozimida xizmat qilgan va 785/786-yillarda Aliylarga qarshi jang qilgan. Shu voqealardan koʻp oʻtmay vafot etgan boʻlishi mumkin.
Mu’oz Abbosiylar sulolasi bilan yaqin aloqada boʻlgan, uning oilasi esa yuqori lavozimlarda xizmat qilishni davom ettirgan. Oʻgʻillaridan biri Husayn xalifa al-Hodiyning shirxoʻr ukasi boʻlgan, yana bir oʻgʻli Yahyo esa Shom (Suriya) va Armaniston hokimi boʻlib xizmat qilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Agha, Salih Sa'id. The Revolution which Toppled the Umayyads: Neither Arab Nor ʻAbbāsid. Leiden: BRILL, 2003 — 360-bet. ISBN 90-04-12994-4. [sayt ishlamaydi]
- Crone, Patricia. Slaves on Horses: The Evolution of the Islamic Polity. Cambridge: Cambridge University Press, 1980 — 183–184-bet. ISBN 0-521-52940-9.