Mstislav Rostropovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mstislav Leopoldovich Rostropovich (1927.27.3, Boku — 2007.27.4, Moskva) — violonchelchi, dirijyor, jamoat arbobi. Xalq artisti (1966). 20-asr musiqa sanʼati atoqli namoyandasi. Dastlabki musiqa saboqlarini otasidan olgan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1946). Moskva filarmoniyasi yakka sozandasi (1948— 74), ayni paytda Moskva (194874) va Leningrad (1967—74) konservatoriyalarida oʻqituvchi, prof. (1968), Katta teatr dirijyori (1968—71); Vashingtondagi Milliy simfonik orkestri bosh dirijyori (1977—94). Ijro uslubiga koʻtarinki ruh, teran mazmun, mukammal kompozitsiya hissiyoti xos. Repertuaridan violonchel uchun deyarli barcha mumtoz va yirik zamonaviy asarlar oʻrin olgan. 20-asrning eng mashhur kompozitorlari (jumladan, S. Prokofyev, B. Briten, O. Messian, A. Shnitke, D. Shostakovich va boshqalar) unga bagʻishlab asarlar yozishgan. S. Rixter, E. Gilels, L. Kogan va D. Oystraxlar bilan turli ansambdda chalgan. "Rostropovich fondi", "Vishnevskaya — Rostropovich" xayriya jamgʻarmalarining prezidenti. Musiqa ijodi hamda xayriya faoliyati uchun 30 ga yaqin Yevropa, Osiyo, Amerika davlatlarining oliy mukofot va ordenlari bilan mukofotlangan. Jahon boʻylab (jumladan, Oʻzbekistonda ham) gastrolda boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil