Mozori sharif madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mozori sharif madrasasi - Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1882). Muhammad Rahimxon II (Feruz) buyrugi bilan usta Qalandar Kochim qurgan. Madrasa (28,6x15,8 m) bir qavatli, bosh tarzi janubga qaragan. Peshtogʻi yashil rangli sirkor koshinlar bilan "bantak" uslubida bezatilgan. Darvozasi va uning tepasidagi toʻsin yogʻoch oʻymakorligida ishlangan. Bosh tarzidagi xocheimon gumbazli miyonsaroy opkali hovliga oʻtiladi. Hovli (11,6x6,2 m) atrofida balxi gumbazli hujralar joylashgan. Mozori sharif madrasasida darexona va masjid uchun alohida xonalar qurilmagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil