Mozambik davlat bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mozambik bayrogʻi
Eski bayroq (1975—1983)

Mozambik davlat bayrogʻi 1983 yil 1 may kuni tasdiqlangan. Mozambik - davlat bayrogʻida zamonaviy qurol - Kalashnikov avtomati tasvirlangan dunyodagi yagona mamlakat hisoblanadi.

Davlat bayrogʻi Frelimo (Mozambik Ozodlik Fronti) harakati bayrogʻi asosida yaratilgan. Mustaqillikdan soʻng bir qancha vaqt davomida amalda bo'lgan Frelimo bayrogʻida hozirgi zamonaviy emblema bo'lmagan.

2005 yilda mamlakatning yangi bayrogʻini yaratish uchun konkurs eʼlon qilindi. Konkursda 119 ta daʼvogar loyiha qatnashdi va ular orasidan gʻolib aniqlandi. Lekin shu kunga qadar bayroq avvalgi holini saqlab kelmoqda. Bir vaqtning oʻzida yangi gerb va madhiya uchun ham konkurslar eʼlon qilindi. Ommaviy axborot vositalarining xabariga koʻra, Mozambikning parlament muxolifati bayroqdagi mustaqillikka kurash ramzi boʻlgan Kalashnikov avtomati suratini olib tashlashni talab qilmoqda.

Bu talab jamiyatda tanqidga uchradi.

Bayroq ramzlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yashil: Hosildor tuproq.
Qora: Afrika qitʼasi.
Sariq: Boy konlar.
Qizil: Mustaqillik uchun kurash.

Emblema:
Sariq yulduz: Fuqarolarning birdamligi va mamlakatning sotsialistik taraqqiyot yoʻli.
Kitob: Taʼlim.
Motiga: Dehqonchilik va qishloq xoʻjaligi ramzi.
Kalashnikov avtomati: Millatlarning ozodlikni himoya qilishga boʻlgan ishonchi.