Mozambik boʻgʻozi
Jump to navigation
Jump to search
Mozambik boʻgʻozi (fransuzcha: Canal du Mozambique, malagasicha: Lakandranon'i Mozambika, portugalcha: Canal de Moçambique) — Hind okeanidagi boʻgʻoz. Ushbu boʻgʻoz Madagaskar oroli bilan Afrika oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1760 km, eng kambar joyining kengligi 422 km, farvaterida eng sayoz yerining chuqurligi 117 m. Mozambik boʻgʻozida suv oqimi, asosan, shimoldan janubga yoʻnalgan. Portlari: Mozambik, Beyra va Madxadzanga hisoblanadi.[1]
Manbalar[tahrir]
Havolalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |