Moyqutlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moyqutlar (Sylviidae) — chumchuqsimonlar turkumiga mansub sayroqi qushlar oilasi. Uzunligi 10—25 sm. Pati xira kulrang, qoʻngʻir yoki yashil tusga yaqin. 40 tacha urugʻga mansub 240 turi maʼlum. Yevrosiyo, Afrika, ayrim turlari Avstraliya va bitta turi Shimoliy Amerika (Alyaska) da tarqalgan. Oʻrmon, butazor, bogʻlar, qamishzor va dashtlarda yashaydi. Hasharotlar, baʼzi turlari mevalar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari, mas, krrabosh M. yaxshi sayraydi. Oʻzbekistonda M.ning 9 ta urugʻi (penochkalar, kurgalaklar, asl moyqutlar, toʻqay chumchuqlar, jiqjiklar va boshqalar) va 28 turi uchraydi. Togʻ oʻrmonlari va bogʻlarda kulrang moyqut va zavirushka, Qizilqumda choʻl moyquti uya quradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil