Moyqaragʻan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Moyqaragʻan (Calophaca tianschanica) — burchokdoshlar oilasiga mansub buta. Boʻyi 20—75 sm. Bargi patsimon, qattiqtukli, uz. 4–5 mm. Guli 2— 8 tadan toʻdalangan. Dukkagi bir uyali, silindrsimon, uz. 22–32 mm. Urugʻi qoʻngʻir, uz. 3–4 mm. Iyun—iyulda gullab, iyul—avg .da meva tugadi. M. Toshkent va Surxondaryo viloyatlarining togʻliq tumanlarida usadi. Manzarali oʻsimlik sifatida ham oʻstiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil