Movut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Movut — jun tolalardan yoki ularga boshqa tolalar aralashtirib toʻqiladigan jun yoki yarim jun gazlama. Mayin va dagʻal xillari boʻladi. Mayin M. mayin va yarim dagʻal tolalardan, dagʻal M. dagʻal tolalardan tayyorlanadi. M. tay-yorlash uchun tolalar maxsus mashinalarda bevosita kigizga oʻxshatib bosiladi yoki oldin toʻquv dastgohida xom gazlama toʻqib olib, uni mashina vallari orasidan oʻtkazib zichlanadi. Xom gazlama toʻqish uchun toʻquvchilik usullarining asosiylari —garnitura, sarja va satin oʻrilishlar qoʻllaniladi. M., asosan, shinellar, paltolar va boshqa tikish uchun ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil