Kontent qismiga oʻtish

Mossad

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mossad
Razvedka va maxsus xizmatlar idorasi
המוסד למודיעין ולתפקידים מיוחדים
الموساد للاستخبارات والمهام الخاصة

„Gʻamxoʻrlik yetishmasa, xalq tanazzulga yuz tutadi, ammo maslahatgoʻylar koʻp boʻlsa, farovonlikka erishadi.“
Agentlik haqida umumiy maʼlumot
Tashkil etilgan 13-dekabr, 1949-yil (75 yil avval) (1949-12-13) (muvofiqlashtirish boʻyicha Markaziy institut oʻlaroq)
Shtab kvartira(lar) Tel Aviv, Isroil
Xodimlari Maxfiy (taxm. 7,000)
Yillik byudjet Maxfiy (taxm. US$2.73 milliard)
Tashkilot rahbarlari
Yuqori turuvchi agentlik Isroil Bosh vaziri
Veb-sayt [P856 P856] Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash

Mossad (ivritcha: הַמּוֹסָד; al-Mosad; „Idora“; toʻliq nomi „Razvedka va maxsus xizmatlar idorasi[1]; ivritcha: המוסד למודיעין ולתפקידים מיוחדים, ha-Mosad le-modiin u-le-tafkidim meyuhadim) – Isroilning harbiy razvedka va kontrrazvedka bilan bir qatordagi uch asosiy maxsus xizmatlaridan biri boʻlgan milliy razvedka xizmati. Tashkilotning bosh ofisi Tel-Avivdagi Shaul Xa-Melex xiyobonida joylashgan. Asosiy operativ boʻlinmalar 1989-yildan beri Tel-Avivning shahar chetidadir. Bu xizmat faqat Isroil Bosh vaziri yurisdiksiyasida boʻladi. Tashkilot emblemasida Isroil gerbida mavjud menora tasvirlangan hamda quyidagi shior yozilgan: „Gʻamxoʻrlik yetishmasa, xalq tanazzulga yuz tutadi, ammo maslahatgoʻylar koʻp boʻlsa, farovonlikka erishadi.“[1].

„Mossad“ning faoliyat doirasiga bevosita razvedka (axborot toʻplash), niqob ostida turli operatsiyalar oʻtkazish va terrorchilikka qarshi operatsiyalar kiradi. „Mossad“ Isroilning hech qanday demokratik institutlari bilan bogʻliq emas, uning faoliyati hech qanday tarzda Isroil qonunchiligi (hatto Asosiy qonunlar) bilan rasman tartibga solinmaydi, shuning uchun koʻpincha „Mossad“ „davlat ichidagi davlat“ yoki ichkaridagi davlat sifatida tavsiflanadi[2]. Shuningdek, tashkilot oʻz vazifasi va funksiyalari boʻyicha Markaziy razvedka boshqarmasi bilan taqqoslanadigan Isroilning „siyosiy razvedkasi“ deb ataladi[3]. „Mossad“ning byudjeti va xodimlar soni haqidagi maʼlumotlar aslida davlat siri xarakteriga ega. Baʼzi hisob-kitoblarga koʻra, yillik byudjet 10 milliard shekelni (taxminan 2,73 milliard AQSH dollari) tashkil qiladi va razvedka xizmati faoliyatiga 7 mingga yaqin kishi jalb qilingan: bu koʻrsatkichlar boʻyicha Gʻarb davlatlari orasida Mossad faqat Markaziy razvedka boshqarmasidan ortda qoladi[4].

  1. 1,0 1,1 Бар-Зохар 2022.
  2. Bergman 2018.
  3. Прохоров 2002.
  4. Levinson 2018.