Moskva metrosidagi halokat (2014)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Moskva metropolitenidagi poyezd halokati 2014-yilning 15-iyul kuni ertalab Moskva vaqti boʻyicha soat 08:39da Arbat-Pokrov liniyasidagi «Park Pobedi» va «Slavyanskiy bulvar» bekatlari oraligʻida sodir boʻldi. Ushbu halokat Moskva metropoliteni tarixidagi eng yirik avariya sifatida tarixga kirdi[1][2][3][4][5].

Halokat maʼlumotlari[tahrir]

Rossiya rasmiylariga koʻra: qariyb soat 08:39da Arbat-Pokrov liniyasidagi «Park Pobedi» va «Slavyanskiy bulvar» bekatlari oraligʻida sodir boʻlgan, poyezd soatiga 70 km tezlikda harakatlanayotgan paytda, qurilayotgan yangi liniya oldida sodir boʻlgan, poyezdning oldibgi uch vagoni toʻsiqga urilgan. Ichki ishlar rasmiylari ushbu halokatni terakt deb hisoblamasliklarini taʼkidlab oʻtishdi.

Boʻlib oʻtgan hodisadan soʻng ertalab soat 09:00dan «Park Pobedi» bekatidan «Kuntsevskaya» bekatigacha Politsiya tomonidan oʻrab olindi. Mingdan ortiq yoʻlovchilar evakuatsiya qilindi, yoʻlning ushbu qismida poyezdlar yurishi toʻxtatildi. Hozirda avariya oqibatlarini toʻgʻrilash ishlari olib borilmoqda.

Jabrlanganlar[tahrir]

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra 23 kishi halok boʻlgan. Halok boʻlganlar orasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolaridan tashqari kkita Tojikiston, bittdan Ukraina, Qirgʻiziston va Xitoy fuqarolari ham borligi tasdiqlandi.[6].

Halok boʻlganlar fuqaroligi[tahrir]

Davlat Halok boʻlganlar soni
Rossiya bayrogʻi Rossiya 18
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 2
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 1
Ukraina bayrogʻi Ukraina 1
Xitoy bayrogʻi Xitoy 1
Umumiy 23

Qariyb 160 kishi turli ogʻirlikdagi tan jarohatlarini olgan, ulardan 129 kishi kasalxonalarga olib ketilgan, jabr koʻrganlardan 42 nafari salomatligi ogʻir ahvoldaligicha qolmoqda[7].

Jabr koʻrganlar ichida Rossiyaning 12 ta regioni fuqarolari, shuningdek 5 ta boshqa mamlakatlar, jumladan: Moldova, Ukraina, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari ham bor.[8].

Havolalar[tahrir]

  1. Катастрофа в метро. Подробно Lenta.ru
  2. http://www.newizv.ru/accidents/2014-07-16/204795-smertelnyj-peregon.html
  3. http://sia.ru/?section=5798&action=show_news&id=284185
  4. http://www.1tv.ru/news/social/263164
  5. http://www.newsru.com/russia/16jul2014/metro.html
  6. Среди погибших в метро оказались граждане Китая и Таджикистана Lenta.ru
  7. Информация о пострадавших в происшествии в метро 15 июля 2014 года. Департамент здравоохранения города Москвы, 15 июля 2014, 15:40
  8. При ЧП в метро пострадали жители 12 регионов РФ, граждане 5 государств РИА Новости