Morze alifbosi
1901 yilning 11 dekabr sanasida muhandis Gulelmo Markoni Morze alifbosi orqali boshqa qit’aga birinchi signalni jo‘natishga muvaffaq bo‘ladi. Bu signal, yirik ko‘lamli hisoblanmasa-da, bir qit’adan boshqa qit’aga yuborilgan ilk aloqa bo‘lgan. Markoni Kornuoll grafligidan (Buyuk Britaniya) Nyufaundlendga (Kanada) faqat inglizcha S harfidan iborat bitta signal translatsiya qilgan edi, xolos. Markoni tomonidan signal jo‘natish uchun barpo etilgan balandligi 150 metr bo‘lgan antenna, aytish kerak, kuchli shamollarga ham qiyinchilik bilan dosh bergan.