Samuel Morse

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Morze Semyuel Finli Brizdan yoʻnaltirildi)

Samuel Finley Breese Morse (talaffuzi: Semyuel Finli Briz Morse; 1791-yil 27-aprel, Charlestown — 1872-yil 2-aprel, Nyu-York) — amerikalik rassom va telegrafiya sohasidagi ixtirochi. Tarixiy kompozitsiyalar va portretlar muallifi. Milliy rassomlik akademiyasi (Nyu-York) asoschisi va birinchi prezidenta (1826—45). Morse 1837-yil elektromagnit telegraf apparatini ixtiro qilgan, 1838-yil shu apparati uchun Morse kodi (telegraf kodi) ni ishlab chiqqan. Amalda ishlatish uchun yaroqli apparatni 1844-yil yaratdi. Morse apparati birinchi marta Vashington—Baltimor telegraf liniyasida ishlatilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil