Morua Andre

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MORUA (Maurois) Andre (taxallusi; asl nomi Emil Erzog; 1885.26.7, El-byor — 1967.9.10, Parij) — fransuz yozuvchisi. Fransiya akademiyasi aʼzosi (1938 yildan). "Kamsuxan polkovnik Braml" (1918) va "Sergap doktor OTredi" (1922) romanlarida oʻzi ishtirok etgan Birinchi jahon urushidan olgan taassurotlarini aks ettirgan. "Bernar Kene" (1926), "Taqdir oʻyinlari" (1928), "Oilaviy davra" (1932), "Ona zamin" (1945) romanlari fransuz xalqi oliy tabaqasi xayoti haqida.

M. adabiytanqidiy esselari, tarixiy shaxslar haqidagi kitob va xotiralari bilan mashhur. U "Ariyel yoki Shelli hayoti" (1923), "Bayron" (1930), "Turgenev" (1931), "Leliya yoki Jorj Sand hayoti" (1952), "Olimpio yoki Viktor Gyugo hayoti" (1954), "Uch Dyuma" (1957), "Prometey yoki Balzak hayoti" (1965) singari asarlari bilan xorijiy adabiyotda biografik roman janriga tamal toshini qoʻygan. M. bu asarlarida mashhur kishilar hayoti va ijtimoiy faoliyati faktlaridan chetga chiqmagan holda ular haqida badiiylashtirilgan hujjatli roman yozish mumkinligini isbotlab berdi. M. oʻz qahramonlariga boʻlgan mehrli munosabatini ifodalash orqali adabiyotning insonsevarlik mohiyatining teranlashishiga qissa qoʻshdi.

M.ning "Chorshanba binafshalari" turkumidagi hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir]

  • Memuari, M., 1970.