Montekarlo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Montekarlo — Monakodagi shahar, Moviy qirgʻokda joylashgan. Aholisi 13,2 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Iqlim kurorti. Xalqaro turizm va bank operatsiyalarining yirik markazi. Oʻzining kazinolari bilan dunyoga tanilgan. Kema taʼmirlash korxonalari, opera teatri, nafis sanʼat muzeyi bor. Har yili xalqaro sirk sanʼati va boshqa festivallar oʻtkaziladi. M.-K.da turizm boʻyicha Xalqaro akademiyaning shtab-kvartirasi joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil