Kontent qismiga oʻtish

Monopsoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monopsoniya — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda koʻp boʻlib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona isteʼmolchisi yoki xaridori mavjud boʻlgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga Asakadagi avtomobil zavodi yaqqol misol boʻla oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur boʻlgan koʻplab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega.


Monopsoniya (mono... va yun. opsonia — sotib olmoq) — bozor holati, bozorda xaridorning hukmron mavqega ega boʻlishi. M.da bir nechta sotuvchilar va bir yirik xaridor ishtirok etadi. Bozorda xaridor oʻz hukmini oʻtkazib, yetakchi mavqeni egallaydi, xarid hajmini kamaytirib, ishlab chiqaruvchilarni narxni pasaytirishga majbur etadi. Aksariyat resurelar bozorida paydo boʻladi (ishlab chiqaruvchi yutugʻi xaridor-isteʼmolchiga oʻtadi). Resurslarni davlat qatʼiy narxlarda xarid etganda, davlat buyurtmalarida ham M. vujudga keladi. Mas, davlat avianosets, kosmikraketa obʼyektlari kabi qimmat va murakkab qurol-aslahalar xaridori boʻladi. Bu holda oldisotdi bitishuvchi tomonlar uchun kelishuvning narxini ham oʻz ichiga oladigan, oʻzaro majburiyatlarini nazarda tutadigan kontraktlar — bitimlar boʻyicha amalga oshiriladi. Keng maʼnoda — narxlar shakllanishiga xaridorlar, tovar va xizmatlar isteʼmolchilari hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan barcha bozorlarga nisbatan qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil