Monolingvizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monoglottizm (grek. Mon monos „bir, yolgʻiz“, + glotta „til“) yoki, odatda, monolingvizm yoki unilingvizm - koʻp tillilikdan farqli oʻlaroq, faqat bitta tilda gapirish imkoniyati. Boshqa bir kontekstda „unilingvizm“ atamasi boshqalarga rasmiy yoki milliy tilni yuklaydigan til siyosatiga ishora qilishi mumkin.

Bir tilli boʻlish — faqat bitta tilda yozilgan yoki olib boriladigan matn, lugʻat yoki suhbatga oʻxshaydi; shuningdek, faqat bitta tilni qoʻllaydigan yoki rasman tan oladigan shaxs boʻlishni anglatadi (xususan, ikki tilli yoki koʻp tilli shaxslar bilan solishtirganda yoki har tillarda soʻzlashuvchi shaxslar orasida boʻlganda). Monoglottizm esa faqat boshqa tillarda umuman gaplasha olmaslikka aloqador boʻlishi mumkinligiga ham diqqat qiling. Dunyoda koʻp tilda soʻzlashuvchilar soni bir tilda soʻzlashuvchilar sonidan koʻproqdir[1].

Syuzan Romeyn oʻzining 1995-yilda chop etilgan „ikki tillilik“ kitobida „Monolingvizm[2] nomli kitob chop etilganda, bu gʻalati boʻlishini koʻrsatib oʻtgan. Bu bayonot lingvistik nazariyalar koʻpincha qabul qiladigan anʼanaviy taxminni aks ettiradi: monolingvizm odamlar orasida norma hisoblanadi[3]. Shunday qilib, monolingvizm kamdan-kam hollarda ilmiy maqolalarga mavzu boʻladi, chunki u etiketlanmagan yoki prototip tushuncha sifatida qaraladi; bunda, u odatdagi norma boʻlish maʼnosiga ega, koʻp tillilik esa bundan mustasno[4].

Shuningdek, normativ monolingvizm farazi, koʻpincha ingliz tili kabi global tilda gapiradigan monolingual insonlarning nuqtai nazaridir. Kristal (1987) bu faraz Gʻarb jamiyatida koʻpchilik tomonidan qabul qilinganligini aytgan[5]. Edvards 2004-yilda „bir tilli fikrlash“ dalillarini XIX asrda Yevropada kuzatish mumkin, deb taʼkidlagan. Millat koʻtarilib, hukmron guruh boshqaruvga oʻtganda, bir tilda tafakkur qilish gʻoyasi kengayib, ularning mustamlakalariga ham oʻtkazilgan[6].

Yana bir tushuntirish shundan iboratki, ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlar bir vaqtning oʻzida „ingliz tilini global til sifatida ishlab chiqaruvchilar“ hioblanadi va odatda, bu mamlakatlarning aholisi bir tilli boʻladi.

Koʻp tillilik bilan taqqoslash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lugʻat boyligi va ravonlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leksik kirishish tadqiqotlariga koʻra[7], monolinguallar koʻpincha maqsadli tilda taqqoslanayotgan ikki tilli tilga nisbatan kengroq lugʻat boyligiga ega boʻladilar va bu monolinguallarda kerakli soʻzlarni qidirib topish samaradorligini oshiradi. Shuningdek, monolinguallar maqsadli tildagi soʻzlarga ikki tilli insonlarga nisbatan koʻproq murojaat qilishadi.

Tadqiqotlarning ravon yozish boʻyicha topshiriqlarida monolinguallar bir boʻgʻin bilan boshlanuvchi soʻzlarga ikki tillilarga nisbatan koʻproq misol keltirishga erishdilar; lekin lugʻat boyligi juda keng boʻlgan ikki tillilarda ham bunday natija kuzatilmadi.

Bundan tashqari, nutqning ravonligi boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlarda monolinguallar ikki tillilarga qaraganda yaxshiroq natija koʻrsatishdi. Biroq, agar leksik qobiliyatlarni chuqurroq solishtirish mumkin boʻlganda, koʻp farqlar yoʻqolgan boʻlardi. Bu shuni koʻrsatadiki, lugʻat boyligining hajmi shaxsning ogʻzaki nutqi ravonligiga va nomlash vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qiladigan omil boʻlishi mumkin. Tadqiqot yana shuni koʻrsatdiki, ijro nazoratiga koʻproq talablar qoʻyadigan, yozma ravonlik vazifasi boʻyicha ikki tillilar monolinguallarga qaraganda yaxshiroq natija koʻrsatdilar. Shunday qilib, lugʻat boyliklari nazorat ostiga olingandan soʻng, ikki tillilar bosh miyada rivojlangan frontal ijro etuvchi jarayonlar orqali nutq ravonligini yaxshiroq boshqarishga muvaffaq boʻlishdi.

Xarajatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Snou va Xakuta ingliz tilini rasmiy va milliy til sifatida tanlashning xarajat va foydasini tahlil qilganda, bu koʻpincha jamiyat uchun qoʻshimcha xarajatlarga olib kelganini aniqlashdi, chunki monolingvizim oʻrniga koʻp tillilikni muqobil tanlash oʻziga xos afzalliklarga ega.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim byudjetining bir qismi chet tillarini oʻqitishga ajratiladi, lekin talabalarning chet tilini ravon bilishi uni uyda oʻrganganlarga qaraganda pastroq hisoblanadi.

Iqtisodiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro biznesning rivojlanishiga boshqa tillarni biladigan odamlarning yetishmasligi toʻsqinlik qilishi mumkin.

Milliy xavfsizlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mablagʻlar xorijda xizmat qiladigan xodimlarni xorijiy tillarni oʻqitishga sarflanishi kerak boʻladi.

Vaqt va harakat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uyda oʻrganilayotgan tilni saqlab qolish bilan solishtirganda, uni maktabda oʻrganish uchun koʻproq vaqt, kuch va mehnat talab etiladi.

Bandlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kirkpatrik, xalqaro mehnat bozorida monolinguallarning holati ikki tillilar bilan solishtirganda yomonroq ekanligini taʼkidlaydi[8].

Ommaviy axborot vositalarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lourens Sammers „New York Times“[9] jurnalida chop etilgan maqolasida Amerikaning kelajakdagi olgʻa siljishiga qanday tayyorgarlik koʻrish mavzusini muhokama qiladi. Shuningdek, u chet tillarini oʻrganishning ahamiyati va zarurligini shubha ostiga oldi. Lourens Summers taʼkidlaydiki: "Ingliz tilining global til sifatida paydo boʻlishi bilan bir qatorda, mashina tarjimasidagi jadal taraqqiyot va butun dunyo boʻylab soʻzlashiladigan tillarning fragmentlarga boʻlinishi chet tilida gapirish uchun zarur boʻlgan sarmoyaning universal ahamiyatini maʼlum miqdorda kamaytiradi.

Boshqalar Summersning fikriga qoʻshilmadilar. Bir hafta oʻtgach, The New York Times olti ishtirokchi[10] oʻrtasida muhokama oʻtkazdi va ularning barchasi chet tillarini oʻrganishning afzalliklari haqida gapirishgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. G. Richard Tucker. A Global Perspective on Bilingualism and Bilingual Education Archived, 1999. 
  2. Romaine, Suzzane (1995).. Bilingualism. Wiley-Blackwell., 1989. 
  3. Pavlenko, Aneta (2000). L2 influence on L1 in late bilingualism. Issues in Applied Linguistics.. 
  4. Ellis, Elizabeth (2006).. "Monolingualism: The unmarked case". Estudios de Sociolingüística. 7 (2): 173–196. doi:10.1558/sols.v7i2.173.. 
  5. Crystal, David (1987).. The Cambridge Encyclopaedia of Language. Cambridge University Press.. ISBN 978-0-521-55967-6.. 
  6. Edwards, Viv (2004). Multilingualism in the English-speaking world. Wiley-Blackwell. ISBN 978-0-631-23613-9.. 
  7. Bialystok, Ellen; Craik, Fergus I.M; Luk, Gigi. (2008).. "Lexical access in bilinguals: Effects of vocabulary size and executive control". Journal of Neurolinguistics.. 
  8. Kirkpatrick, Andy (2000). "The disadvantaged monolingual: Why English alone is not enough". Australian Language Matters. 8 (3): 5–7.. 
  9. Summers, Lawrence H. (January 20, 2012). "What You (Really) Need to Know". New York Times.. 
  10. Berdan, Stacie Nevadomski; Jackson, Anthony; Erard, Michael; Ho, Melanie; Suarez-Orozco, Marcelo M.; Lewis, Clayton (January 29, 2012). "English Is Global, So Why Learn Arabic?". New York Times..